пятница, 20 июня 2014 г.

Ommaviy axborot vositalari

     Mustaqil axborot vositalari xalqqa va ularning siyosiy namoyandalariga ongli ravishda,
asosli qarorlar qabul qilishda ko’maklashadi. Ular hokimiyat organlari faoliyatini
kuzatishga hissa qo’shib, muhokamaga qo’yilgan masalalar mohiyati va sifatiga e’tiborni
oshiradi. Bu o’z navbatida hukumat, biznes, ilm ahli va fuqarolik jamiyatini faollikka
undaydi. Shunday ekan, erkin matbuot demokratiyaning tarkibiy qismidir.
Jurnalistlar xavfsizligi ta’minlanmagan jamiyatda so’z erkinligi
bo’lmaydi.
      Quyida, o’z hukumatini tanqid qilishga uringan jurnalistlar qanday muammolarga duch
kelishi qayd etilgan:

Yangicha urushlar: matbuot erkinligi uchun murakkab
davr
   
        Dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismi so'z erkinligi bo'g'ilgan mamlakatlarda
Yashaydi. Biz urush zonalarida tasodifan halok bo'lgan jurnalistlar
va qaltis mavzularni yoritgani, o'zboshimcha siyosat, o'g'rilik, nohaqlik,
jinoyat va yulg'ichlikni tanqid qilgani uchun ataylab nishonga olingan
muxbirlarni bir-biridan farqlashimiz zarur. Yangicha urushlar avvalgidek
armiyalar o'tasida emas balki etnik, mafkuraviy, diniy va jinoiy manfaatlar
o'rtasida kechar ekan, bu jarayonlarni yoritish tobora xavfli bo'lib bormoqda.
Bu mojarolarda jurnalistlarning o'limi yoki jarohatlanishini doimo taso -
dif deb bo'lmaydi. Urush guvohlari jangarilar va hatto harbiylar tomonidan
ham nishonga olinadi.

        Ommaviy axborot vositalari hukumat nazorati ostida bo’lgan jamiyatlarda ular amaldorlar
qo’lidagi propaganda vositasidir. Bunday sharoitda axborot vositalari qurolli
kuchlar ustidan ochiq va demokratik nazoratni oshirish yo’lida hissa qo’sha olmaydi.
Internet asrida rasmiy ma’lumotlar olish qiyin emas. O’tgan yilllar moboynida bu yo’nalishda
ijobiy qadamlar tashlangani, oshkoralik va ijtimoiy javobgarlik oshgani kuzatiladi.
Bu jarayonni qo’llab-quvvatlash lozim. Chunki, axborot erkinligi fuqaro bilim saviyasini
oshiradi, bahs-munozaralarni mazmunan boyitadi va shu tariqa boshqaruvni
yaxshilaydi. Internetning o’ziga xos salbiy jihatlari ham bor. Ekstremist guruhlar
undan, deylik, irqchilik va antisemitizm g’oyalarini targ’ib qilish uchun foydalanadi.
Qaynoq nuqtalarda ba’zida radio stansiyalar ekstremistlar uchun minbar sifatida xizmat
qiladi va o’zaro nafrat urug’ini sochadi.

Xavfsizlik sohasida ma’lumot to’plash va tarqatish

      Demokratiya va adolatli boshqaruv nuqtai nazaridan qaraganda ommaviy axborot
vositalari xalq manfaati yo’lida xavfsizlikka doir ma’lumot to’plash va tarqatish erkinligiga
ega. Ular haqqoniy, aniq va xolis axborot uzatish uchun javobgardir.
Hukumat va parlament xalqqa o’z qarorlari va siyosatini ommaviy axborot vositalari
orqali tushuntiradi. Bilish va shu asnoda siyosiy jarayonda ishtirok etish esa fuqarolarning
uzviy huquqidir. Masalan, axborot vositalari xavfsizlik idoralari rahbarlari, xavfsizlik
siyosati, chet elga qo’shin safarbar etish, harbiy doktrina, ta’minot, kelishuvlar,
ishtirokchilar va kun tartibiga qo’yilgan mavzular haqida ma’lumot tarqatib, ommani
ulardan xabardor qiladi. Biroq maxfiy ma’lumotlarga kelganda tashqaridan yoki o’z
o’zini senzura qilish hollari kuzatiladi.

Ommaviy axborot vositalari va xavfsizlikka tegishli qonunlar

         Barcha mamlakatlarda so’z erkinligi to’g’risida qonunlar qabul qilingan. Inson
Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 19-bandida quyidagi satrlar bitilgan:

“Har bir inson fikr va so’z erkinligiga ega. Jumladan, aralashuvsiz
mulohaza yuritish, ma’lumot va g’oyalar izlash, olish va har qanday
axborot vositasi orqali uzatish huquqiga ega”.

Bunday erkinlikka qanday erishish va uni himoya qilishga qaratilgan xalqaro dasturko’rsatmalar
mavjud emas. Qayd etish joizki, yuqoridagi prinsipda xavfsizlik sohasiga
tegishli ehtimoliy cheklovlarga umuman ishora qilinmagan.
AZAMAT JURAYEV

Комментариев нет:

Отправить комментарий