вторник, 17 марта 2015 г.

Siz! Chiyal bozorini bilasizmi…

Bu, bozor Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining olis “mavze” larida, ya’ni Ko’kdala hududida joylashgan bo’lib, qadimdan o’zining ajoyib to’qimachilik, hunarmandlik, ganchkorlik va mazali taomlari bilan ma’lumu-mashhur bo’lib kelmoqda!
“Chiyal” bozori Sobiq SSSR davrida “Payshami”, “Yaxna” bozorlari ham deb yuritilgan. Bozrni bugungi kunda ham mahalliy aholi vakillari “Payshami” (Payshanbi) bozori deb atashadi. Lekin bozor haftaning dam olish kuni (yakshanba)da bo’lib o’tadi…
 Yozuvchi \ Qorayevning "O`zbekiston toponimiyasi" nomli asarida Chiyali nomi chiya - "yovvoyi olcha"dan olingan deb hisoblaydi. Ammo tarixchi olim Shamsuddin Kamoliddinovning fikricha, Chiyal bu turkiy urug`lardan birining nomi.  "Chiyal" qadimgi turk urug`i chigillar nomidan olingan bo`lishi mumkin. Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga ko'ra ushbu qishloq joylashgan qir-adirlarda qadimda chiya bo'rilar juda ko'p bo'lgan va xalq shundan kelib chiqib qishloqni Chiyalisoy (chiyabo'rilar yuradigan soy)deb atagan, keyinchalik soy qo'shimchasi tushib, Chiyali tarzida aytilgan. bu bozor sho'rolar davrida kamyob tovarlarning mo'l-ko'lligi bilan mashhur bo’lgan. dukonlarda topilmaydigan, "peshtaxta osti"dan sotiladigan ichki va chet  tovarlarni shu bozordan topish mumkin bo’lgan. Shuning uchun bu yerga viloyatning turli burchaklaridan o'ziga to'q va boy odamlar kelishgan.
Chiyalliklar savdogarliklari bilan ma’lumu mashhur bo'lishgan. Bozor haqida el orasida afsonalar yuradi. Shulardan bir nechtasi: bozorda qurol sotib olishingiz mumkin, o'g'rilik yo'q, chunki o'g'ri tutilib qolsa, uni toshbo'ron qilishadi yoki do'pposlashadi, va hk.
Bu bozor haqida taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki karra ikki Besh” nomli qissasidan ham bilishingiz mumkin bo’ladi... qissada Qo’shshaqvoyning Chiyal bozoriga borib bir qancha hangomalarga duch kelganlari aytilgan.
Hozirda bu bozorning mavqei biroz pasaygan, sho'rolar davridagi va mustaqillikning dastlabki yillaridagi ahamiyatini yo`qotgan. Bunga sabab "peshtaxta osti" degan tushunchaning yo`qolgani va raqobatchi bozorlarning ko`payib ketganligi bo`lishi mumkin.
“Chiyal yaxnasi”

Chiyal yaxnasi — yangi soʻyilgan yosh va semiz qoʻyning goʻshtidan tayyorlanadi va Chiyallik va chiroqchilarning  faxri hisoblanadi.
1990-yillarning yarmigacha bu taomning tayyorlanishi sir saqlangan. Bu taomni tatib koʻrish ishtiyoqida boʻlsangiz, bozor kuni ”Payshami” bozoriga kelishingiz kerak boʻlgan. Hattoki, hozirgi kunda ham usha taomning mazasini ta’tib ko’rish uchun nafaqat mahalliy aholi vakillari balki, viloyatning turli hududlaridan ham kelishadi Faqat goʻshtdan iborat boʻlgan bu taom oʻzining yogʻliligi bilan balki gʻarbliklarni shok qilishi mumkin. Lekin, tandirdan endi uzilgan non bilan birga tanovul qilsangiz, nega odamlar bu taom uchun shuncha yoʻl bosib kelishlarini anglab yetasiz. “Hayyyaaaa”... bu bororning yana bir siri shundaki! Uning mazali taomlaridan bahramand bo’lmoqchi bo’lsangiz tong saharda bozorga tushing, aks holda! Taomdan bebahra qolishingiz mumkin!!!
1990-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bu taom avval Chiroqchi shahrida, keyinchalik Qarshidagi baʼzi choyxonalarda paydo boʻldi. Agar yoʻlingiz bu shaharlarning birontasiga tushsa, shu taomdan tatib koʻrmasdan ketmang.

Muallif: Azamat Jurayev


Комментариев нет:

Отправить комментарий