пятница, 8 ноября 2013 г.


Germaniya: to‘rtinchi hokimiyat qanday ishlashi kerak?

Germaniya – matbuot vatani. Shu mamlakatda ilk bor bosma dastgoh ixtiro qilingan. Iogan Gutenbergning XV asrdagi kashfiyoti jahon taraqqiyotini bir necha asr ilgariga boshladi. Ushbu zaminda dastlabki ko‘p adadli gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi, birinchilardan bo‘lib "to‘rtinchi hokimiyat" maqomiga ega bo‘lgan, demokratik tamoyillarga asoslangan erkin jurnalistika shakllandi.

Germaniya jurnalistikasi garchi yigirmanchi yuz yillikda Birinchi jahon urushi, natsistlar boshqaruvi va Ikkinchi jahon urushi kabi fojiaviy voqeliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, o‘zini o‘nglay oldi, so‘z erkinligi, jamiyat oldidagi mas'uliyat kabi azaliy qadriyatlarni qayta tikladi. Bugun ushbu mamlakat jurnalistlarining ilg‘or tajribasi dunyo davlatlari uchun o‘ziga xos mahorat maktabi vazifasini o‘tayotgani ham ana shundan.

Germaniyada so‘z va matbuot erkinligi konstitutsiyaviy asosda kafolatlangan. Asosiy Qonunning 5-moddasida fikrlash, axborot va matbuot erkinligi ustuvorligi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi ta'kidlanadi. Bundan tashqari, federal konstitutsiyaviy sud qarorlari, xalqaro huquq me'yorlari, federal yerlar (mamlakatda ma'muriy birliklar ana shunday ataladi)ning ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlari ham matbuot erkinligi muhofazasiga xizmat qiladi.

Olmoniyada matbuotning besh asrlik tarixi davomida o‘ziga xos qiyofaga ega jurnalistika shakllangan. Bu yerda davlatga qarashli nashrlar, teleradiokanallar mavjud emas, barcha ommaviy axborot vositalari xususiy yoki jamoat mulki sanaladi.

Matbuot bozorida hududiy nashrlar yetakchi o‘rin tutadi, umummilliy nashrlar salmog‘i ko‘p emas. Mamlakatda o‘n bitta umummilliy kundalik gazeta chop etiladi, hududiy nashrlar miqdori 340taga yaqin. Darvoqe, olmonlar – eng ko‘p gazeta o‘qiydigan xalqlardan biri. Mamlakat dunyoda kundalik gazetalarning har ming kishiga to‘g‘ri keladigan miqdori bo‘yicha Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Bu yerda har kuni 23 million nusxada kundalik gazeta nashr qilinadi.

Eng yirik kundalik nashrlar qatorida "Süddeutsche Zeitung" (425 ming nusxada chiqadi), "Frankfurter Allgemeine Zeitung" (368 ming), "Die Welt" (234 ming), "Handelsblatt" (143 ming) gazetalarini e'tirof etish mumkin. Mazkur umummilliy gazetalarda muhim siyosiy masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xalqaro hayotga doir yangiliklar berib boriladi.

Germaniyadagi eng katta tirajli gazeta – "Bild" 4 million nusxada chop etiladi (Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi bu yurtda ham eng ko‘p o‘qiladigan gazeta ko‘ngilochar mavzularga ixtisoslashgan). Gazetalarning yakshanba kungi sonini tayyorlashga alohida e'tibor beriladi. Chunki dam olish kuni gazeta mutolaa qilish olmonlar uchun eng sevimli mashg‘ulotlar sirasiga kiradi. Bu kunda chiqadigan gazetalar hajmi har kungidan kattaroq va maxsus ilovalarga boy. Masalan, "Bild am Sonntag", "Welt am Sonntag", "Sonntag Aktuell", "Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung" kabi yakshanba nashrlarini millionlab o‘quvchilar mutolaa qiladi.

Nemis matbuotining o‘ziga xos jihatlaridan biri – bu yerda jurnallarning ahamiyati juda katta ekanligidir. Mamlakatda 20 ming nomdagi ommabop jurnal chop etiladi (umumiy adadi 200 million). Oylik yoki haftalik jurnallarning tiraji kundalik gazetalardan ham ko‘p. "Der Spiegel" (1 mln. 115 ming), "Stern" (1 mln. 50 ming), "Focus" (790 ming) jurnallari eng ommabop nashrlar deb tan olingan.

Germaniya matbuoti ramzi deya e'tirof etiladigan "Der Spiegel" ("Shpigel" - o‘zbekchada "Oyna" ma'nosini bildiradi) jurnali Gamburg shahrida chop etiladi. Tahririyat ijodni tijorat bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirgan. Mushtariylar bilan ishlash bo‘limi rahbari Katrin Stokingerga ko‘ra, "Hozirgi axborot jamiyati sharoitida ommaviy axborot vositalari xodimlari radio, TV jurnalisti yoki gazetchi emas, umumiy ma'noda universal jurnalist bo‘lishi kerak. "Der Spiegel" ana shunday mezonlar asosida ishlaydi".

Stokinger xonimning aytganicha bor. 1947 yildan chiqa boshlagan jurnal hozirda yirik birlashmaga aylanib ketgan. Konsernda 1250 xodim ishlaydi. Amsterdam, Parij, Rim, London, Vashington, Moskva kabi dunyoning 30ga yaqin yirik shaharlarida o‘z muxbirlari bor. Konsern o‘z telekanali ("Shpiegel-TV") va Germaniyadagi eng ommabop sanalgan Internet sayti (Shpiegel-online)ga ega. Bundan tashqari, uyali aloqa telefonlariga xabar, ma'lumot jo‘natishga mo‘ljallangan "Shpiegel-mobil" xizmati ham mavjud. Bu yerdagi jurnalistlar "Shpiegel"ning istagan bo‘linmasida ishlab keta oladigan universal qobiliyatga ega bo‘lishi kerak.

Olmon matbuot bozorida birlashish (konsentratsiya) jarayoni yaqqol ko‘zga tashlanadi. Gazetalar tobora kuchayib borayotgan raqobat sharoitida iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etish, hamkorlikda reklama manbalarini topish uchun birlashmoqda. "Axel Springer Verlag", "Bertelsmann group", "Heinrich Bauer Verlag" kabi mediaguruhlar matbuot bozorida katta mavqega ega. Masalan, "Axel Springer Verlag" konserni "Bild", "Die Welt", "Bild am Sonntag", "Welt am Sonntag" kabi yetakchi nashrlarga egalik qiladi. Kundalik nashrlarning 24 foizi ushbu mediaguruh nazoratida.

So‘nggi yillarda boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniyada ham matbuot nashrlari tirajining tushishi kuzatilmoqda. Gazetalarning asosiy o‘quvchilari keksa yoshdagi aholi guruhi bo‘lib qolayapti. Yoshlar esa yangiliklarni Internet orqali olishni afzal ko‘rayotir. Internetning an'anaviy OAV uchun jiddiy raqobatchiga aylangani Germaniyada kuchliroq seziladi. Chunki voyaga yetgan aholi guruhining deyarli 55 foizi xalqaro tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Bunday sharoitda esa Netzzeitung kabi mustaqil Internet saytlar yoki Spiegel-online kabi an'anaviy matbuot nashrlarining veb sahifalari tobora kengayib bormoqda.

Axborot bozoridagi kurashda TV va radio ham matbuot uchun asosiy raqobatchi bo‘lib qolayapti. Albatta, texnik va ijodiy imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lgan elektron OAV barcha mamlakatlarda ham matbuotdan ko‘ra ko‘proq auditoriyaga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, olmon xalqi har kuni o‘n soat vaqtini ommaviy axborot vositalari bilan tanishishga sarflaydi. Ushbu vaqtning OAV turlari bo‘yicha taqsimlanishi esa quyidagicha: 221 daqiqa – radio, 220 daqiqa – TV, 44 daqiqa – Internet, 28 daqiqa – kundalik gazeta, 25 daqiqa – kitob, 12 daqiqa – jurnal uchun.

Ayni paytda mamlakatda 70 mingdan oshiq professional jurnalist faoliyat yuritadi. Oxirgi yillarda tahririyatlar shtati tobora qisqarib borayotgani tufayli aksariyat jurnalistlar erkin ijodkor (frilanser) sifatida ishlamoqda. Ular bir paytning o‘zida ko‘plab nashrlar bilan ijodiy hamkorlik qilishni afzal ko‘rmoqdalar.

Taraqqiyot g‘ildiragi barcha davrlardan ham shiddatliroq aylanayotgan bugungi kunda jurnalistikada axloqiy me’yorlar muammosi ko‘p xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada Germaniya tajribasi asqotishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin matbuot erkinligi va jurnalistlar mas'uliyati borasida munozaralar kuchaygan paytda bir guruh ijodkorlarning tashabbusi bilan Germaniya Matbuot kengashi (German Press Council) tashkil etilgan. Yetakchi jurnalistlar, tajribali bosh muharrirlar, sohaning taniqli mutaxassislaridan tashkil topgan kengash bevosita jurnalistlar axloq kodeksiga rioya etilishini kuzatib boradi. Mazkur jamoat tashkiloti a'zosi, doktor Maykl Rediskening aytishicha, Matbuot kengashi qonuniy majburlov kuchiga ega emas. Lekin hamkasblar tomonidan etika qoidalari buzilgan taqdirda kengash ushbu holat bo‘yicha tavsiya xarakteriga ega bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Axloqiy me'yorlarni buzgan jurnalist xatti-harakati muhokama etiladi. "Bu aynan jurnalistikaning o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish tamoyili", deya kengash faoliyatini izohlaydi u.

Axborot olish erkinligi tamoyili – jurnalistikaning muhim talablaridan biri. Lekin har qanday rivojlangan jamiyatda ham jurnalistlarning boshqaruv idoralaridan axborot olishi oson kechmagan. Germaniyada davlat idoralari va matbuot o‘rtasida aloqalarni muvofiqlashtirish, jurnalistlarni kerakli axborot bilan ta'minlash maqsadida 1949 yili Bundespressekonferenz (Federal matbuot anjumani) tuzilmasiga asos solingan. Federal matbuot anjumani olmon jurnalistlari uchun axborot olishning eng qulay vositalaridan biri sanaladi. Yarim asr davomida shakllangan qoida bo‘yicha haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari maxsus ajratilgan binoda matbuot anjumanlari o‘tkaziladi. Unda Germaniya hukumat rahbari – kanslerdan tortib barcha vazirliklarning matbuot kotiblari ishtirok etadi va jurnalistlar savollariga javob beradi. Muhim siyosiy hodisalar ro‘y bergan vaziyatlarda matbuot anjumanlarida kansler va vazirlarning o‘zi hozir bo‘ladi. Bu “Davlatning barqarorligi matbuot erkinligiga bog‘liq” degan demokratik qoidaga sodiqlik ifodasidir.


Sobirjon Yoqubov 
Azamat Jurayev

четверг, 7 ноября 2013 г.


АФҒОНИСТОНДАГИ ГЕОСИЁСИЙ ВАЗИЯТ ВА УНГА ЎЗБЕКИСТОННИНГ МУНОСАБАТИ

Ўзбекистон Республикасининг Президенти И.А. Каримов БМТ, ЕҲҲТ, Шанхай ҳамкорлик ташкилоти, НАТО ва бошқа халқаро ташкилотларнинг минбарларидан сўзлаган нутқларида минтақавий ва миллий кўламдаги ҳалқаро терроризмга қарши курашда ҳамкорликни кучайтириш лозимлигини бир неча бор таъкидлаган эди. 2008 йил апрель ойида Бухарестда ўтказилган НАТО саммитида Ўзбекистон Президенти Ислом Каримов тамонидан илгари сурилган ташаббуслар ўта муҳимлиги билан ажралиб туради.
 Ўзбекистон Афғонистон билан чегарадош давлатлардан бири сифатида ушбу давлатнинг кўп йиллик можародан олиб чиқиш ва келгуси иқтисодий ўсишини таъминлаш борасида муайян таклифларга эга. Шу сабабдан Ўзбекистон Президентининг кенг қамровли ва ҳаётий “6+3” ташаббуси янада кенг ҳаракатлар учун пойдевор бўлиб хизмат қилиши мумкин. Бу эса бундан кейин Афғонистондаги геосиёсий вазиятни яхшиланиши учун хизмат қилади. Шу ўринда бир савол туғилади. Нега Ўзбекистон бунчалик Афғонистон учун жон куйдириб келмоқда? Бунга жуда кўплаб мисоллар келтириш мумкин. Ҳалқимизда “Қўшнинг тинч – сен тинч” деган мақол бор. Биринчидан, Афғонистонда 3 миллиондан ортиқ ўзбеклар истиқомат қилишади. Иккинчидан, бирон-бир давлатнинг ривожланиши албатта унга қўшни давлатлар билан ҳам боғлиқдир. Афғонистонда вазият яхши бўлмас экан, Ўзбекистон ҳеч қачон хотиржам бўла олмайди.

Шу ўринда айтиш лозимки, Афғонистонда ҳозир Толибонлардан кўра “Ал-Қоида” ташкилотининг фаолияти хавфлироқ. Масалан, НАТО халқаро ҳамжамиятга Афғонистондаги толибон жангарилари қаршилиги камайганлигини маълум қилди. АҚШ, Афғонистон ва НАТОнинг 15 минг аскари иштирок этаётган “Муштарак” деб номланган ҳарбий амалиёт давом этмоқда. Унинг асосий мақсади Толибон харакатининг бош қароргоҳи ҳисобланаган Маржоҳ шаҳрини Афғонистон ҳукумат назоратига олишдан иборат. Бу Толибон харакати 2001 йилда хокимиятдан ағдарилганидан бери Афғонистонда ўтказилган энг йирик ҳарбий амалиётдир. 
Афғонистон масаласи бўйича 2010 йил 28 январда Лондонда 70 га яқин давлат вакиллари иштирок этган йирик халқаро анжумандан кейин Президент Ҳамид Карзай Афғонистон бўйича янги ишлаб чиқилган тинчлик дастурида янги иш жойларини яратиш, хавфсизликни таъминлаш ҳамда ўз қуролларини топшириб, жамиятга қўшилиш истагини билдирган Толибларга касб-ҳунар ўрганиши учун уларни тайёргарликдан ўтказишни маълум қилган. Бу лойиҳани амалга ошириш учун ҳукумат жорий йилда 140 миллион доллар ажратишни маълум қилган. АҚШнинг Афғонистонга оид стратегиясида 2011 йилнинг июль ойидан бошлаб, мамлакатда хавфсизликни таъминлаш масъулияти маҳаллий кучларга топширилиб, АҚШ қўшини олиб чиқиб кетилиши мўлжалланган. Ҳозирги пайтда Афғонистон Мудофаа вазирлиги афғон миллий армияси сафини кенгайтиришни режалаштирмоқда. Мудофаа вазирлиги миллий армия сафига аёлларни ҳам олишни режалаштирган. Ва икки йилдан сунг миллий армиянинг шахсий таркиби 171 минг кишига етади.
Тинимсиз фуқаролар уруши давом этиб келганлиги учун мамлакатда иқтисодий аҳвол ниҳоятда оғир. Бу ҳол Афғонистоннинг демографик вазиятида ҳам яққол кўзга ташланади. 2008 йил маълумотларига кўра, мамлакатда туғилиш (ҳар 1000 аҳолига нисбатан 39 киши) билан бир қаторда ўлим (18 киши) кўрсаткичи юқори. 65 ёшдан юқори бўлган кексалар жами аҳолининг 2 фоизини ташкил этади (дунё бўйича у ўртача 8 фоиз). Мамлакатнинг болалар ўлими бўйича дунёда биринчи ўринда туриши (ҳар 1000 та янги туғилган чақалоқдан 155 таси вафот этган) айниқса қайғули ҳолдир. Бу кўрсаткичлар мамлакатдаги иқтисодий аҳволнинг ўта оғирлигини яна бир бор тасдиқлайди.
Хўш, Ўзбекистон Афғонистондаги вазиятни яхшилаш бўйича қандай ишларни амалга оширмоқда? Шу ўринда Афғонистондаги геосиёсий вазиятни янгича ҳал этиш тўғрисида дунёнинг энг йирик ахбoрот агентлигига кирувчи “United Press International” (UPI) халқаро ахборот агентлиги “Четдан назар: Ўзбекистоннинг Афғонистон бўйича таклифи аҳамиятли ва долзарбдир – Афғонистон: нега “6+3”=?” сарлавҳали мақоласини чоп этди. Мақола муаллифи, таниқли ҳалқаро журналист, Жон Хопкинс Университети қошидаги Марказий Осиё ва Кавказ институти тадқиқотчиси Жон Дейли Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовни “6+3” мулоқот гуруҳининг ташаббуси билан Афғонистон муаммосини ҳарбий ҳаракатларсиз бартараф этиш мумкин, деган фикрларини юқори баҳолаган. Президент И.А. Каримов “6+3” мулоқот гуруҳи аъзолари тамонидан Афғонистон бўйича ягона узоқ муддатли стратегияни шакллантириш ва ҳалқаро ҳамжамият кўмагида миллий муросага эришишнинг янги моделини ишлаб чиқиш мумкинлигини таъкидланган. “6+3” мулоқот гуруҳига Ўзбекистон, Тожикистон, Туркманистон, Покистон, Хитой, Эрон, шунингдек, АҚШ ва Россия ҳамда Афғонистонда аксилтеррор харакатларини амалга ошираётган НАТО ташкилотидан иборатдир.
Ҳозирги пайтда Ўзбекистон қўшни мамлакат иқтисодиётини тиклаш учун Афғонистонга кенг миқёсли ёрдам кўрсатмоқда. Охирги йилларда темир йўлларни қуриш, электр энергияси билан таъминлаш, қазилма ишларини, қишлоқ хўжалигини, ирригация, таълим ва мутахассислар алмашинувини ривожлантириш ҳамда қурилиш асбоб-ускуналари, металл, ўғитлар, озиқ-овқат ва бошқа маҳсулотлар билан таъминлаш каби соҳаларда жуда кўплаб икки томонлама ҳамкорлик алоқалари амалга оширилди. Осиё Тараққиёти банки кўмагида Ўзбекистон Афғонистоннинг шимолий вилоятларини бошқа давлатлар билан боғлаб турган ягона “Термиз-Ҳайратон” темир йўли тармоғини модернизация қилишда ёрдам бермоқда ва “Термиз – Мозари-Шариф” темир йўл қурилишини амалга оширмоқда. Ўзбекистоннинг транзит соҳасидаги кўрсатган яна бир ёрдами бу жорий йилнинг февраль ойида фойдаланишга топширилган НАТОнинг Шимолий Тақсимловчи Тармоғи таркибидаги сўнгги темир йўл тармоғини жойлаштиришдир.
Бугунги кунда Афғонистонда нисбатан тинч бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда. Тинчликни умуман барҳам топтириш учун Халқаро ҳамжамият бу борада Афғонистонга зарур ёрдамни бераётир. Тўғри, 20 йиллик фуқаролар урушидан сўнг Афғонистон иқтисодиётини қайта тиклаш, мустаҳкамлаш, сиёсий барқарорликни қарор топтириш иши осон кечмайди.

АЗАМАТ ЖУРАЕВ

Axborot xuruji: Isroilning ko’rinmas urushi. 

1967-yil Suriya, Iordaniya, Misr va Isroil o’rtasida kelib chiqqan olti kunlik urush natijasida G’arbiy Sohil, G’azo Sektori va Sharqiy Quddus Isroil askarlari tomonidan bosib olindi.

Shu yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Isroilni bosib olingan hududlarni zudlik bilan tark etishga chaqiruvchi 242-Rezolyutsiya qabul qildi.

Isroil haligacha Rezolyutsiya talablarini bajargani yo’q. Uch milliondan ortiq falastinlik qariyb yarim asrdan beri noqonuniy harbiy bosqin ostida yashamoqda.

Saytimizda mazkur xalqaro mojaro haqida yozishga qaror qidik. Bu mavzudagi maqolalarimiz bir necha qismdan iborat bo’ladi va ularda Isroil davlati amalga oshirgan va oshirayotgan turli siyosiy va harbiy amaliyotlar tahlil qilinadi. Isroil bosqinining xalqaro huquqdagi o’rniga ham alohida to’xtalib o’tamiz.

Birinchi maqolada Isroil olib borayotgan ko’rinmas urushlardan biri – axborot xuruji haqida hikoya qilmoqchimiz. Bu urushda AQSh ommaviy axborot vositalari yahudiylar davlatiga qanday yordam ko’rsatayotgani maqolaning asosiy mavzusi bo’ladi.
    G’azo Sektori bu oy yana urush alangasiga chulg’andi. Isroil samolyotlari hududni bir haftadan ortiq havodan o’qqa tutdi. Hujumlarda 160 dan ortiq falastinlik halok bo’ldi. Hamas otgan raketa o’qlaridan besh isroillik o’lgani ma’lum.
    Xalqaro Amnistiya tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Isroil harbiy kuchlari bosib olingan hududlarda muntazam ravishda inson huquqlarini poymol etib keladi. Noqonuniy odam o’ldirish, mahkumlarni qiynoqqa solish, xo’rlash, ichida odam bo’laturib uylarni buzib tashlash, tez tibbiy yordam mashinalarini o’tkazmaslik, gumanitar yordam ko’rsatishdan bosh tortish hamda Falastin tinch aholisidan jonli to’siq sifatida foydalanish. Bular xalqaro huquq tilida urush jinoyatlari deb ataladi.
    Isroildagi “Adolatli tinchlik uchun ayollar” koalitsiyasi yetakchisi Gila Svirski Falastindagi kundalik hayotni shunday tasvirlaydi:
     “Zulm shunchalikka borib yetadiki, favqulodda holatlar e’lon qilinganda, falastinliklar kunlab o’z uylaridan tashqariga chiqa olmaydi, – deydi u. – Sababi oddiy, Isroil harbiylari ularni ko’chalarda ko’rishni xohlamaydi. Bu degani, ular oziq-ovqat ham sotib ololmaydi, farzandlarini maktabga yuborolmaydi, hatto ko’chani kesib qo’shnisinikiga chiqolmaydi. Bemor bo’lsa, tibbiy yordam ham ololmaydi. Xullas, uydan chiqib bajarish lozim bo’lgan eng muhim yumushlardan birortasini qila olmaydi. Bunday hayot kechirish dahshatning o’zginasi”.

Amerikalik faylasuf va siyosatshunos Noam Chomskiga ko’ra, Isroil bosqini zamonaviy tarixdagi eng uzun davom etgan harbiy jinoyatdir:

“G’arbiy Sohil va G’azo Sektori harbiy bosqin ostida. Bu zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan bosqin. Bu bosqin o’ta qattiq va shafqatsiz bo’lib, boshidan zo’ravonlik asosiga qurilgan. Hayot aholi uchun yashash mumkin bo’lmagan bir darajaga keltirilgan”, – deydi u.
Axborot qanday qurol? Zamonaviy dunyoda urushdan g’olib chiqish uchun harbiy salohiyatning o’zi kamlik qiladi. Buning uchun g’oliblikka da’vogar taraf BMT soyasida turgan xalqaro hamjamiyatni adolatli urush olib borayotganiga ishontirishi ham lozim. Isroil buni yaxshi biladi.

Shu maqsad yo’lida Isroil, avvalo, dunyo lideri, demokratiyaning otasi va axborot asrining bayroqdori AQShning qo’llab-quvvatlovini qo’lga kiritgan. Amerika hukumati yahudiylar davlati paydo bo’lgandan beri Isroilning eng yaqin do’sti. Isroilga qarshi BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan ko’plab rezolyutsiyalar, aynan, AQShning vetosiga uchragani bois Falastinda insoniyatga qarshi sodir etilgan ko’plab jinoyatlar hanuz jazosiz qolmoqda. Ammo urushda yengib chiqish uchun Isroil nafaqat AQSh hukumatini, balki bu mamlakatning mustaqil ommaviy axborot vositalarini ham o’z jiloviga olishi lozim. Chunki dunyoning eng qudratli, eng ta’sirchan ommaviy axborot vositalari aynan AQShda joylashgan.

AQSh ommaviy axborot vositalarida yoritiladigan xalqaro yangiliklarning asosiy qismini Isroil-Falastin mojarosi egallaydi. Bu yangiliklar mojaro haqida amerikaliklar ma’lumot oladigan asosiy manba hisoblanadi. Shuning uchun ularda nimalar yoritilayotganini tekshirish va faktlarga savol nazari bilan qarash lozim.

Bugun Isroil-Falastin mojarosi haqida eshitmagan odamni dunyoda topish qiyin. Yangi to’qnashuvlar, yangi qurbonlar haqida kelayotgan xabarlar ko’pchilik uchun oddiy voqeaga aylanib qolgan. Falastin yoshlari nega Isroildan nafratlanishi, nega doim qo’lida tosh bilan Isroil tanklari yo’lini to’sib chiqishi haqida so’raydigan odam yo’q. Nega? Yahudiy huquq faoli Gila Svirski buni shunday tushuntiradi:

“Falastinliklar boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni biz ko’rmaymiz. Bu bosqin ular uchun qanchalar og’ir ekanini tasavvur qilolmaymiz. Achinish yo’q, hamdardlik yo’q. Homilador ayol tug’ish uchun tug’ruqxonaga yetolmasdan bolasi tekshiruv nuqtasida jon bermoqda. Agar buni ko’rmasangiz, yuragingiz qayerdan ham achishsin?! Bu bosqinning noto’g’ri ekanini qayerdan ham bilishingiz mumkin?!”

AQShlik jurnalist Alisa Solomonga ko’ra, jurnalistlarning bo’layotgan voqealarni dunyoga to’g’ri yetkazmayotgani muammoning asosiy sababidir.

“Vaziyatning qaltisligi shunda, – deydi u. – Yetarli darajada xabar berilmaydi, suratlarni ko’rmaymiz. Tahlil yo’q, bosqin ostidagi falastinliklar holatini tasvirlab beradigan ovoz yetishmaydi. Holat shunchalikka yetib bordiki, bosqin davom etayotganidan dunyoning xabari ham yo’q”.

AQSh Ommaviy Axborot Vositalari va Falastin

Yangiliklar, ayniqsa, televizion yangiliklar qaysi voqea muhimroq ekanini aniqlashda va bu voqealar haqida tasavvurimiz shakllanishida muhim o’rin tutadi. Isroil Amerika xalqi ongiga ta’sir etishda shu mamlakat ommaviy axborot vositalari kuchidan foydalanadi.

AQShdagi Texas-Austin universitetida jurnalistikadan saboq beruvchi professor Robert Jensenning aytishicha, Isroil Falastinga qarshi Amerikadagi ikkinchi frontda ham kurash olib bormoqda.

“Isroil, darhaqiqat, ikkita frontda urush olib boryapti, – deydi u. – Birinchisi bosib olingan hududlarda Falastin aholisiga qarshi davom etayotgan harbiy harakat. Ikkinchisi Isroil bosqiniga AQShning doimiy madadini ta’minlash maqsadida OAV orqali olib borilayotgan Pi Ar (PR) kampaniyasi. Isroilning Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli va Pi Ar aksiyalari koordinatori Alon Pinkas yaqinda shunday so’zlarni aytdi: “Biz ayni damda falastinliklar bilan urush holatidamiz va muvaffaqqiyatli Pi Ar kompaniyasi bu urushda yutib chiqishning bir yo’lidir”. Shunday ekan, Isroil G’arbiy Sohil va G’azo hududlarini bosib olishdan tashqari, Amerika matbuotini ham g’oyalar hujumi orqali egallab olishga urinmoqda, deyish mumkin”.

Isroilning Pi Ar kampaniyasi tarixi 1982-yilgi Livan istilosiga borib taqaladi. O’shanda Isroil Livanni bosib olgani uchun, ayniqsa, Sabra va Shatila qochoqlar lagerlarida Falastin aholisini qatl etgani uchun xalqaro hamjamiyatning kuchli tanqidiga uchragan edi. Halok bo’lgan minglab tinch aholi Isroilning pinagini ham buzmadi. Ammo uning xalqaro “imiji”ga yetgan putur katta muammo sifatida hukumatni jiddiy tashvishga soldi.

Angliyaning “The Independent” gazetasi muxbiri Robert Fisk o’sha kunlarni shunday xotirlaydi:

“Ular Beyrutni o’rab olishdi. Uch oy ichida deyarli barchasi tinch aholi bo’lgan 17 yarim ming odamni qirishdi. Minglab jasadlarni o’z ko’zim bilan ko’rdim. Keyin Sabra va Shatila lagerlarida ommaviy qirg’in boshlandi. Dunyo larzaga tushdi. Isroilliklar nimani noto’g’ri qildik, deya hayron. Keyin o’ylab qarashsa, yaxshi Pi Ar qilisholmagan ekan”.

Livanda kuzatilan Pi Ar inqirozidan so’ng, Isroil amerikaliklarning Yaqin Sharq haqida qanday fikrlashini nazorat qilish maqsadida doimiy ishlovchi ilmiy institutlar tashkil etishga qaror qildi. 1983-yilda AQSh matbuotini yaxshilashga qaratilgan Hasbara loyihasi ish boshladi. Maqsad kommunikatsiya va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishlarida malakali Isroil mulozimlarini tayyorlash edi. Masalan, AQSh ommaviy axborot vositalarida Isroil haqida ijobiy materiallarni ko’paytirish uchun Isroil konsulliklarida maxsus matbuot kotiblari yetishtirildi. Ana shunday matbuot kotiblaridan birining 80-yillarda aytishicha, u har kuni nonushta, tushlik va kechki ovqatni, albatta, jurnalistlar bilan birga qilib, bunday uchrashuvlarda yetakchi matbuot va telekanal produserlari bilan efirga ketadigan yoki chop etiladigan material mazmuni haqida suhbatlashgan. U bu jarayonni “o’zaro fikr almashish” deya ataydi.

Jurnalist Alisa Solomonga ko’ra, amerikalik jurnalistlar Isroilning bunday hiylasiga laqqa tushmoqda.

“Isroil matbuot xizmati muntazam ravishda pres-reliz, bayonot va ma’lumotlar tarqatadi. Quddusdagi jurnalistlar xonasida o’tirib, real voqelikni ko’rmasdan yoki bunga urinib ham o’tirmasdan kun bo’yi maqolalar yozib jo’natishingiz mumkin. Bu borada Falastin matbuot xizmati beradigan axborot deyarli yaroqsiz. Chunki ular Isroil xizmati kabi tayyor maqola darajasidagi materiallarni yetkazib bera olmaydi”, – deydi AQShlik jurnalist.

Yangilik bosib o’tadigan chig’iriqlar

AQShda yoritiladigan yangiliklar jamiyatning bir qator murakkab munosabatlari ta’siriga uchraydi. Yangilik suxandonning tiliga yetib kelguncha bir necha chig’iriqdan o’tishi kerak. Yaqin Sharq mojarosi Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan qanday yoritilishini o’rganishdan oldin ana shu munosabat va chig’iriqlar qanday ishlashini tushunib olishimiz lozim.

Yangiliklarni elakdan o’tkazadigan eng muhim omillardan biri bu ommaviy axborot vositasiga egalik qiluvchi korporatsiyaning biznes manfaatidir. Bunday manfaat AQSh chegarasidan oshib yer sharining u yuzidagi Yaqin Sharqqacha tutashgan.

Media korchalonlarining iqtisodiy manfaatini siyosiy elita ham baham ko’radi. Demak, siyosatchilar va siyosatni belgilovchilar ikkinchi chig’iriqni tashkil etadi. Siyosiy elita matbuotga ta’sir o’tkazish qudratiga ega va ular ham aslida korporatsiyalar boshqaradigan tizimning bir bo’lagidir. Bu ikki guruh uchun Yaqin Sharqning qanday strategik ahamiyatga ega ekani Isroil-Falastin mojarosining matbuotdagi ifodasida o’z aksini topadi.

Uchinchi chig’iriq bu Isroilning jamoatchilik ko’zini bo’yashga qaratilgan Pi Ar kampaniyasidir. Isroil hukumati o’zining siyosiy va axborot dasturlarini amalga oshirishda Amerikaning eng katta xususiy Pi Ar kampaniyalarini ishga yollaydi. Isroilning AQShdagi 9 ta konsulligi bu ishga jurnalistlarni ham jalb etadi. Nasoro va yahudiylarga tegishli bir qator yirik xususiy kompaniyalar Isroilga xayrixoh bo’lmagan OAVlarga qarshi tashkil etilgan harakatlarni qo’llab-quvvatab, bu boradagi Isroilning rasmiy mavqeini bot-bot eslatib turadi. Ana shunday qudratli tashkilotlardan biri bu AIPEK, Amerika-Isroil Jamoatchilik bilan aloqalar qo’mitasidir. Mazkur tashkilot Isroilning Vashingtonda joylashgan eng katta lobbisi hisoblanadi.

Yaqin Sharq mojarosining OAVda qanday aks etishini Amerika iqtisodiy va siyosiy doiralarining Isroil propagandasi bilan birlashuvi hal qiladi.

Isroil hukumati siyosatiga qarshi bo’lgan “Yahudiylar bosqinga qarshi” yoki “Amerikaliklar tinchlik uchun” kabi ilg’or tashkilotlarning bunday chig’iriqlardan oshib o’tishi dargumon. Nihoyat, agar Isroilni qoralovchi biror xabar matbuotga sizib chiqsa, OAVni kuzatuvchi bir qator isroilparast guruhlar jurnalistlar va OAVga bosim o’tkazishni boshlaydi.

“Isroilparast bo’lgan o’ng qanot tashkilotlar bor, – deydi jurnalist Solomon. – Ular o’z ishlarini monitoring deb ataydi. Men esa ular faoliyatini jurnalistlarga tahdid qilish deb atayman. Yangiliklar xolis bo’lsin, degan da’vo bilan ular, aslida, Isroilga xayrixoh materiallar tayyorlanishini istaydi”.

AQShda joylashgan “Jurnalistikada adolat va haqqoniylik” tashkiloti vakili Set Akermenning aytishicha, ishi faqat muharrirlarga maktub yozish bo’lgan maxsus guruhlar bor.

“Ularning talabi – Isroilni qoralovchi xabarlar o’zgartirilishi yoki uni yozganlar ishdan bo’shatilishi lozim”, – deydi u.


AZAMAT JURAYEV

суббота, 26 октября 2013 г.


OMMAVOY MADANIYAT - MA'NAVIYAT KUSHANDASI.

Mutaxassislarning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste'dod va o‘lmas ma'naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti.
   Chunonchi, «ommaviy madaniyat» namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish cho‘tkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan bo‘laklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bag‘ridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar va ayni arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday o‘zgacha ahamiyat kasb etib, «san'at, madaniyat namunalari» qatoridan o‘rin olar emish.«Pop-art»chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha,  narsalar va buyumlarni e'zozlashadi; ma'naviy dunyoni emas, maishiy-iste'molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar..
Yuqorida biz G‘arbda «ommaviy madaniyat»ning tug‘ilish manbalari to‘g‘risida so‘zladim. Hozir-chi? Hozirga kelib esa bu tamoyillar yanada g‘ovlab, tomir otyapti. Masalan, «pop-muzika»ga xos o‘sha ritmik «bit» (zarb), qo‘shiq niqobidagi alahsirash, valdirashga yaqin didsiz «repp»lar ta'siri dunyo miqyosida tarqalib, milliy mumtoz va xalq musiqa san'atidan odamzotni uzoqlashtirmoqda.
       Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu san'atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi «g‘arbning muammosi» sifatida baholayotgan «ommaviy madaniyat»ning ma'naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat'iy bajarilishi kerak. Ya'ni «reklama»chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz xavfsizligiga (jumladan, xalqni, yoshlarni ma'naviy aynitishga olib keladigan holatlarga) yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

AZAMAT JURAYEV


Афғонистондаги демографик вазият

Афғонистондаги бир неча йиллар давом этган уруш мамлакат иқтисодиётини  тўлалигича  издан чиқарди. Афғонистондаги  иқтисодий аҳволнинг ёмонлиги мамлакатнинг демографик вазиятига ҳам жиддий таъсир қилди. Масалан 1979 йилдан бошлаб Совет Армияси мамлакатга  киритилгач 5 млн.дан ортиқ аҳоли қўшни Покистонга қочиб ўтган эдилар.[1]1 млн.дан ортиқ киши ҳалок бўлган. Бир неча йил давом этган уруш мамлакатга 20 млярд. долларлик зарар етказди[2].
 Мамлакатдаги аҳвол борган сари орқага кетаверди. Ҳозирги кунда эса дунёдаги энг қолоқ давлатлардан биридир. 2003 йилда ялпи ички махсулоти аҳоли жон бошига 800 АҚШ долларни, 2006 йил ҳам шу кўрсаткичдан ошмаган. Ташқи савдода импортнинг улуши 2005 йил 150 млн АҚШ долларини ташкил этган, экспорти эса 80 млн доллар[3]. Шу ўринда айтиб ўтиш  лозимки, ялпи миллий махсулотнинг 4/5 қисми қишлоқ хужалигидан олинади. Айтиш лозимки ҳозирги кунда мамлакат аҳолисини 78 % и қишлоқларда истиқомат қилишади. Мамлакат  аҳолиси ҳақида гапирадиган бўлсак,   Афғонистон кўп миллатли мамлакат бўлиб, унда турли тил гуруҳига кирадиган 30 дан ортиқ ҳалқ яшайди. Аҳолининг ярми афғонлар, кейинги ўринда эса тожиклар, ўзбеклар, ҳазорлар, туркманлар, қирғизлар, чораймоқлар ва белужлар ҳам бор.
 Агар мамлакатдаги демографик вазиятига чуқурроқ қараб ўтадиган бўлсак, 1979 йилиги аҳоли сони 16,5, 2001 йилда 26,8, 2007 йилда  31,5 млн кишига етган. Ҳозирги кунда эса 33 млн.га  яқинроқдир. Аҳолини табиий ўсиши коэфиценти 2,4 ни, 2009 йилда эса 2, 1 % ни ташкил этган. Аҳолини  15 ёшгача бўлганлар салмоғи 2001 йилда 43, 2006 йилда эса 45, 2009 йилда эса 44 % ни ташкил этган. Агар дунё бўйича шу кўрсаткич билан солиштириб кўрадиган бўлсак 2006 йилда 29, 2009 йилда 27 % ни, ёки табиий ўсиш каэфиценти 2009 йилда 1,2 % ни ташқил қилган.
 Мамлакатдаги 65 ёш ёки ундан ошган аҳоли сони 2006 йилда 3% ни, 2009 йилда эса 2 % ни, дунё бўйича эса 2006 йилда 7 % ни, 2009 йилда эса 8 % ни кўрсатмоқда. Энг ачинарли аҳволлардан бири аҳолини ўртача умр кўриш ёши  эркакларда  2001 йилда 45,9, 2006 йилда 41, 2009 йилда эса 44 ёшни, айёлларда эса 2001 йилда 44 ёшни, 2009 йилда ҳам шу кўрсаткич сақланиб қолган. Дунё бўйича эса 2009 йилда айёллар 71, эркаклар эса 67 ёшни ташкил қилган[4].
Юқоридаги маълумотлардан кўриниб турибдики мамлакатдаги аҳолининг  умр кўриш давомийлиги, 65 ёшдан ошган аҳолини  салмоғи  бутун дунё мамлакатларидан ҳам пастлиги ёки дунёдаги ўртача кўрсаткичдан ҳам икки, уч баробар пастлиги мамлакатдаги аҳволни ниҳоятда ёмонлиги  инсон қалбини жунбушга келтирадиган ҳолатдир.  Ҳозирги кунда дунё бўйича аҳоли тез кўпаяётган мамлакатлар асосан иқтисодиёти паст ривожланаётган давлатларга тўғри келади. Чунончи Афғонистонда ҳам шундай ҳолатдир. Юқоридаги рақамлар бу фикрнинг яққол далилидир.   
            Мамлакат аҳолисини туғилиш коэфиценти 1000 аҳолига ўртача 2001 йилда 43, 2006 йилда 48 тани 2009 йилда бироз пасайганлигин  яъни 39 тани ташкил қилгандир. БМТ тамонидан ишлаб чиқилган демографик башоратларга кўра мамлакатда аҳоли сони 2025 йилда 45, 9 млн.ни, 2050 – йилга бориб эса 67, 2 млн.га етар экан[5]. Мамлакат аҳоли сони юқори сурат билан ўсишда давом этмоқда. Мамлакатда аҳолини  яшаш тарзининг пастлиги, тиббий хизмат кўрсатиш соҳалари ниҳоятда издан чиққанлиги, репродуктив ёшдаги айёлларнинг зарур хизматлардан фойдаланмаслиги оқибатида болалар ўлими ниҳоятда юқоридир.
            Болалар ўлими сонини юқорилиги бўйича Афғонистон дунёда биринчи ўринда туради. Агар биз баъзи бир рақамларга эътибор қаратадиган бўлсак, 2001 йилда 1000 туғилган болага нисбатан 154, 2006 йилда 166 тани, 2009 йилда эса 155 тани ташкил қилган[6]. Дунёдаги энг қолоқ Африка давлатларида  ҳам жумладан Гвинея-Бисау, Чад, Марказий Африка Республикаси, Ангола, Бурунди, Гвения, Либерия ва Соломон ороллари, Вануату республикаларида  ҳам 100-120 тани ташкил қилади. Кўриб турибмизки Афғонистондаги кўрсаткич юқорида номлари келтирилган мамлакатлардан анча юқоридир.
Албатта бу жараёнлар яъни демографик вазиятнинг ўта бир ачинарли эканлигига энг асосий сабаб аввало бу тинимсиз,  ҳозирги ватгача давом этган фуқоралар урушидир. Ҳозирги вақтда Афғонистондаги вазиятни яхшилаш бўйича НАТО ташкилотини бирлашган  қўшини тинчлик ўрнатиш учун тинимсиз кураш олиб бормоқдалар. Мамлакатдаги иқтисодий аҳволни яхшилаш бўйича  АҚШ ва унинг европалик иттифоқчилари 2001 йилдан буён Афғон ҳалқини яхшилашга катта қадамлар ташлашга имкон берган ҳолда Афғонистонга 26,8 миллиард долларлик ёрдам кўрсатди[7]. Эндиликда мамлакат аҳолисининг 80 % и тиббиёт масканларидан фойдаланишга имкони бор: бу кўрсаткич 2004 йилда 9 % ни ташкил қилган бўлса, оҳирги йилларда 4000 дан ортиқ тиббиёт масканлари ишга туширилиб, 600 дан ортиқ доялар қайта ўқитилиб, ҳар бир вилоятларга юборилмоқда.    
Мана шундай тиббий хизмат кўрсатиш соҳаларининг яхшиланиб бориши, албатта мамлакатдаги демографик вазиятнинг ҳам яхшиланишига олиб келади.


[1]Лафасов М, Жураеа У. Жаҳон тарихи.академик лецей ва касб-ҳунар кллежлари учун ўқув қулланма. Т, 2005.
[2] Ўзбекистон Миллий эниклопедияси. Т.2000.
[3] Давлатлар ва ҳалқаро ташкилотлар. Тошкент, 2005.
[4]  Population Referens Bureau.2001, 2006,2009.World Population Date Shete.  
[5] Population Referens Bureau, 2009.World Population Date Shete.
6 Population Referens Bureau, 2009.World Population Date Shete.
[7] http: // Uzbekistan. usembassy. gov.


АЛЯСКАНИНГ СОТИЛИШИ

 Америка қўшма штатлари сафига 49-штат бўлиб кирган Алясканинг Россия томонидан сотиб юборилиши тарихдаги энг йирик ва шов-шувларга сабаб бўлган келишувлардан биридир. 1867 йилдаги давлатлараро шартномага кўра АҚШ 7 200 000 доллар эвазига умумий майдони 1 518 800 км² бўлган Аляска ярим оролини атрофдаги кичик ороллар ва қирғоқдан наридаги 10 миля масофагача қўшиб сотиб олади. Энг қизиғи бу келишув кўпчилик ўйлаганидек Американинг ўта айёрлиги туфайли эмас, Россия тарафининг бу ҳудуддан қандай қилиб бўлса-да қутулиш, ҳар қандай суммага бўлса-да пуллаш иштиёқи кучлилиги туфайли амалга ошганди.
 
 Аляска 1732 йилда М. С. Гвоздева ва И. Фёдоровлар бошлиқ рус экпедицияси томонидан очилган ва Россия империяси мулки деб эълон қилинганди. Узоқ йиллар бу ўлканинг Империя учун бирор бир нафи тегмади. Аляскадан давлат эмас, жисмоний шахслар фойдаланиб юришди. 1799 йилда Аляскада “Рус-Америка компанияси” деб номланган махсус монополистик ташкилот тузилди ва айнан шу ташкилот деярли 70 йил, Аляска сотилгунга қадар бу ҳудудни бошқариб келди.
 
 Аляскани биз олтин, нефть ва беқиёс чиройли табиатга эга бой ўлка сифатида биламиз. Лекин у даврларда олтин ва нефть ҳали топилмаган. Гўзал табиат эса ҳеч кимни қизиқтирмасди. Рус-Америка компанияси ташкил бўлиб шунча йил ишлади ҳамки, давлатга бирор рубль фойда келтирмади. Боз устига бу компания давлат хазинасидан йилига 200 000 рубль миқдорда дотация (ёрдам пули) ҳам оларди. Чексиз-чегарасиз бу ҳудудда бор-йўғи икки минг нафарга яқин руслар, ундан ҳам оз бошқа миллат вакиллари ва 60 000 мингга яқин ёввойи дея таърифланган маҳаллий ҳиндулар ҳамда эскимослар бир-бирлари билан адоватда яшашарди. Аляскада мустамлакачиларни қизиқтириши мумкин бўлган тузукроқ даромад манбаи йўқ, маҳаллий аҳоли ҳайвонлар мўйнасини пуллаб амал-тақал кун кечирарди. Аксига олиб бу ҳайвонлар сони ҳам руслар яшайдиган жойларда йилдан-йилга камайиб борар, ов қилиш учун ёввойилар яшайдиган ички ҳудудларга кириб боришга ҳеч кимда юрак йўқ эди.
 
 Яна Аляскадан Сан-Францискога муз олиб бориб сотишар, ҳали музлатгичлар ихтиро қилинмаган бу даврда муз ҳам озми-кўпми пул бўларди. Олдинроққа кетиб айтиш мумкинки, Америка Аляскани сотиб олганидан кейинги ўттиз йил давомида ҳам аҳвол деярли ўзгармади. Мана шу йиллар ичида бу ерларни сотиб олган сиёсатчилар пулни шамолга совурганлар сифатида деярли халқ душманига айланишди.
 
 Аляскани сотиб юбориш фикри Шарқий Сибир губернатори граф Н. Н. Муравьев-Амурскийдан чиққанди. 1853 йилда у императорга ёзган хатида Россия бунчалар узоқда бўлган бу ўлкани сақлай олмаслигини, имкон бўлди дегунча Аляскани пуллаб, бу маблағни ички муаммоларни ҳал қилиш ҳамда Сибир, Амурбўйи ерларини ўзлаштиришга, Осиёдаги таъсирларни кучайтиришга сарфлаш лозимлигини батафсил тушунтиради. Турли хил урушларга аралашиб қолган, иқтисоди анча ночор аҳволга тушиб қолган Россия борди-ю Аляскага бирорта давлат ҳужум қилса, ҳимоя қилолмаслиги аниқ эди. У даврларда бирор бир ҳудудни босиб олиш ва ўз мулки деб эълон қилиш бутунлай қонуний бўлиш билан бирга одатий бир ҳол бўлган. Яъни Аляска сотилмаса ё борган сари қудрати ошиб бораётган АҚШ ёки Россия билан ёвлашиб юрган Англия эртами-кечми бу ҳудудга кўз тикиши ва эгаллаб олиши аниқ эди. Техасни Америка Мексикадан тортиб олгани ва камига Калифорнияни ҳам сотишга мажбур қилганлиги бу фикрнинг исботи эди.
 
 Бу вазият Император Александр II нинг кичик укаси, буюк княз Константин Николаевични қаттиқ ўйга чўмдиради ва у Вашингтондаги Россия вакили, барон Эдуард Стеклга Аляскани сотиш лозимлиги уқдиради. 1857 йилда Россия Ташқи Ишлар Вазирлиги бу таклифни кўриб чиқади ва маъқуллайди. Лекин бу масала АҚШда бошланган фуқаролар уруши туфайли кейинга қолдирилади. 1866 йилда Александр II нинг ўзи ҳам иштирок этган махсус кенгашда Аляскани камида 5 млн. долларга сотиш тўғрисида қарор қабул қилинади. Лекин масаланинг бошқа томони ҳам бор эди. Ҳали асосий ва ягона харидор бўлган АҚШдан бирор бир таклиф тушмаган, харидорга сотиб олишни таклиф этиш империя учун дунё ҳамжамияти олдида паст кетишдан ўзга нарса эмасди. Шунинг учун ишни ими-жимида ҳал қилиш бунақа ишларга уста бўлиб кетган барон Эдуарда Стеклга юкланади. 1867 йилда Вашингтонга келган Стекл АҚШ давлат котиби Уильям Сьюард билан учрашади ва АҚШ Аляскани сотиб олиши учун қулай имконият борлигини тагдор гаплар билан писанда қилиб қўяди ҳамда биринчи таклиф АҚШ томонидан чиқишига эришади. Президент Жонсон бу фикрни маъқуллайди ва бу масала юзасидан Уильям Сьюардни АҚШ вакили этиб тайинлайди. 1867 йил 30 мартда Аляска сотилиши бўйича икки томонлама шартнома имзоланади. Аляска 7 200 000 долларга шу пулга яраша олтин бериш шарти билан сотилади.
 
 Бу кўпми-камми?! Нарх борасидаги тортишувлар ҳали-ҳануз давом этмоқда. Умумий майдони 1 518 800 км² бўлган Аляска ярим ороли ҳар бир квадрат километри учун 4 доллару 73 центга, ёки бир гектари 5 цент атрофида пулланади. Текин бериб юборилган эканда, дерсиз. Лекин ўша даврларда бу жуда катта пул эди. Қиёслаш учун шуни айтиб ўтиш лозимки, деярли 15 штат ҳудудини қамраб олган, Аляскадан ҳам каттароқ 2 100 000 км² бўлган ва яхши ўзлаштирилган тарихий Луизиана французлар томонидан АҚШга 10 млн. доллар эвазига сотилганди. Арзон сотилган деган фикр юритувчилар ҳам қайсидир маънода ҳақдирлар. Бойлик тушунчалари анчагина бошқачароқ бўлган у даврларда Нью-Йоркдаги ўша даврда ягона бўлган 3 қаватли суд биноси АҚШ ҳукуматига бутун Аляскага нисбатан қимматроққа тушганди.
 
 1867 йилнинг 18 октябрида Аляска расман АҚШга топширилди ва катта тантанада Россия байроғи туширилиб, милтиқ ўқлари садолари остида АҚШ байроғи кўтарилади. Маҳаллий аҳолига танлаш имконияти берилади. Улар АҚШ фуқаролигини қабул қилишлари ёки Россияга қайтишлари мумкин эди. Шундоқ ҳам Аляскадан безор бўлиб юрган русларнинг кўпчилиги кемаларга ўтириб жўнаб ҳолишади. Ҳозирда ҳам 18 октябр ҳар йили Аляска куни сифатида нишонланади.
 
 Шартномада келишилган маблағ орадан деярли бир йил ўтгандан сўнг, 1868 йилнинг 1 августида Стеклга топширилади. Бу маблағдан 21 000 доллари Стеклга мукофот сифатида, 10 000 доллар (!) келишув тўғрисида Петербургга хабар бериш учун телеграммага, 134 000 доллари АҚШ ҳукуматини бу келишувга кўндирган турли хил амалдорларга пора сифатида берилади. Қизиқ факт, Россия Аляска сотилиши учун шунча пул пора беришга ҳам рози бўлган. Аляска учун олинган маблағ асосан Россия темир йўллари тизимини ривожлантиришга сарфланган.
 
Энди Аляска сотилганидан кейинги фактларга эътибор беринг
 1. Аляска АҚШ тасарруфига айланганидан сўнг 30 йил ўтиб бу ҳудуддаги Клондайк деган жойда олтин конлари топилади ва “Олтин иситмаси” бутун дунёдаги олтинтопарларни Аляскага чорлайди.
 
 2. XX асрда очилган нефть ва газ конларининг ўзидан 200 миллиард долларга яқин даромад олинади.
 
 3. 1988 йилда ҳисобланишича, Аляскадаги балиқчиликнинг ўзи 1 кунда Аляска сотиб олинганидан кўра кўпроқ даромад оларкан.
 
 4. Аляскани сотиб олиш орқали АҚШ тарихдаги энг фойдали битимни амалга оширган. Бу ўлкадан топилган пуллардан ташқари Аляска АҚШнинг бу сарҳадлардаги ҳарбий салоҳиятини ҳам ошириб юборганди.
 
 Аляска сотилиши билан боғлиқ миш-мишлар ва нотўғри фикрлар:
 
 • “Келишув пули тўланмаган ва Америка Россияни алдаган. Шунинг учун Россия Аляскани қайтариб олиши мумкин”. Бунинг асло иложи йўқ. Чунки юқоридаги фикрлар ўз исботини топган тақдирда ҳам ҳар икки давлат қонунларида кўрсатилган даъво муддати аллақачон ўтиб кетган.
 
 • “Аляска сотилмаган. Балки 99 йилга ижарага берилган. АҚШнинг Аляскани 20 асрга келибгина ўз сафига 49 штат сифатида қўшиб олганлиги сабаби шу”. Бу ҳам исботини топмаган миш-миш. Аляска сотилаётган даврда императорнинг обрўсини тўкмаслик мақсадида ўйлаб топилган ва қоғозга туширилган уйдирма.
 
 • “Аляска эвазига олинган олтинлар Россияга етиб келмаган. Йўлда қароқчилар талаб кетишган, қолган-қутганини ортган кема океанга чўкиб кетган”. Буям бир миш-миш. Пуллар банкларгача етиб борган ва император хоҳишига кўра сарфланган.
 
 • “Аляскани узоқни кўра билмайдиган Екатерина II сотиб юборган”. Буниси энди ҳеч қандай қолипга сиғмайди. Екатерина II 1796 йилда, Аляска сотилишидан 71 йил олдин ўлиб кетганди.

АЗАМАТ ЖУРАЕВ

суббота, 8 июня 2013 г.

Qaysi mamlakat aholisi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqtini o‘tkazadi?

 XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Bundan o‘n yil avval yashagan odam birdaniga hozirgi davrga tushib qolsa, yuksak
texnologiyalarning bunchalik tez rivojlanib ketganligini ko‘rib, esdan “og‘ib” qolishi ham mumkin. Yashab turgan asrimizning ortda qolgan dastlabki o‘n yilligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uni
bevosita mobil aloqaning taraqqiyoti va Internet global tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘lash mumkin. Bundan o‘n yil avval atigi sanoqli kishilargina mobil aloqa vositasidan foydalangan bo‘lsa,
oradan hech qancha o‘tmay, Finlandiyaning Nokia kompaniyasining “sahovati” hamda arzon mobil telefonlarning sotuvga chiqarilishi bilan hatto rivojlanayotgan mamlakatlarda ham aholining katta qismi
uyali aloqadan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yanayam yaqinroq kelaylik, ya’ni dastlabki o‘n yillikning ikkinchi yarmi – 2005-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davr. Ko‘pchilik ekspertlar
qatori biz ham bu davrni bevosita Internetning “ijtimoiylashuvi” bilan bog‘lagan bo‘lardik. Darhaqiqat, AQShda dastlab paydo bo‘lgan Friendster, MySpace kabi ijtimsoiy tarmoqlar bu davrga asos soldi,
desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Biroq, so‘nggi 2-3 yil ichida bu sohaning “otaxonlari” ma’lum darajada undan ortda qolib ketdi, foydalanuvchilarining e’tiboridan qolishga ham ulgurdi. Bunga sabab
sifatida 2004-yilning 1-fevralida Garvard talabasi Mark Sukerberg tomonidan ishga tushirilgan Facebook saytining paydo bo‘lishini keltirish mumkin. Oradan ikki yil o‘tib yana bir boshqa ijtimoiy
tarmoq – Twitter paydo bo‘ldi. Bularning har ikkalasi ham hozirgi kunda dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq saytlariga aylanib ulgurishgan. Xususan, SocialBakers tadqiqot agentligining
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Facebook foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshib ketgan. Twitter foydalanuvchilari soni esa 220 millionga yaqinlashib qolgan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ini ham bir
mamlakat deb tasavvur qiladigan bo‘lsak, u aholisi soni Xitoy va Hindistondan keyingi uchinchi o‘rinni band qilgan bo‘lar edi. Darvoqe, Facebook bu mamlakatlarda hali ko‘p foydalanuvchilarga ega
emas. Xitoyda Facebook sayti hukumat tomonidan taqiqlangan bo‘lsa, Hindistonda esa endi o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Mark Sukerbergning “bolachasi” hali bu ikki malakatni ham zabt etsa bormi…
Maqola nomini o‘qib, uni qiziqish bilan boshladingizu, ammo hanuz u haqda hech narsa o‘qiy olmadingiz? Shundaymi? Men bugungi kundagi ijtimoiy tarmoqlarni ham xuddi shu holatga o‘xshataman, ya’ni
o‘ziga jalb qilishga juda ustayu, lekin pirovardida undan manfaat olish har kimning o‘ziga bog‘liq. Yaxshi, endi asosiy mavzuga o‘tsak. Ijtimoiy tarmoqlar shu darajada rivojlanib ketdiki, bugungi
kunda odamlar kuniga kamida bir marta bo‘lsa ham o‘z “devor”idagi yangilanishlardan xabardor bo‘lishga oshiqib ketadi. Shu kunlarda comScore tadqiqot agentligi tomonidan turli mamlakatlar aholisining
ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan vaqtlari tahlil qilingan hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab Isroil aholisi ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p vaqtini o‘tkazar ekan. Har bir isroillik
bir oyda o‘rtacha 10,7 soat onlayn-muloqotda bo‘lar ekan. Reytingning ikkinchi pog‘onasini ko‘pchilikni, jumladan bizni ham hayratda qoldirgan holda Rossiya egalladi. Ruslar bir oyda o‘rtacha 10,3
soat o‘z vaqtini ijtimoiy tarmoqlar uchun sarflaydi. Biroq, biz yuqorida tilga olgan ijtimoiy tarmoq saytlari Rossiyada unchalik ham mashhur emas. Facebook saytining “g‘irt” ruscha analogi –
“Vkontakte” Rossiyadagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. LiveInternet ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda “Vkontakte” saytida 100 milllionga yaqin foydalanuvchi mavjud bo‘lib, unga kuniga o‘rtacha
25 million foydalanuvchi tashrif buyuradi. Ikkinchi o‘rinda esa bizning O‘zbekistonda ham o‘zining ko‘p sonli auditoriyasiga ega bo‘lgan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i egallaydi. Yana LiveInternet
statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, “Odnoklassniki”da 45 milliondan ortiq akkaunt mavjud bo‘lib, shulardan 18 millioni har kuni saytga tashrif buyurishadi. Isroil va Rossiyadan keyingi
o‘rinlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p vaqtini o‘tkazuvchi mamlakatlar – Argentina, Filippin, Turkiya, Venesuela va Kolumbiyadir. Bu mamlakatlar aholisi bir oyda o‘rtacha 7-8,5 soat vaqtini
ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi. Buyuk Britaniya va AQShda yashovchilar esa bir oyda o‘rtacha 5 soat umrini ijtimoiy tarmoqda “yashaydilar”. Xo‘sh, bizning o‘zbek foydalanuvchilari o‘zining qancha
vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi? Bu savolga javob yozish uchun hali biroz ertalik qilsa kerak. Chunki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning aksariyati poytaxtda yashovchilar ekanligini
inobatga olsak, Internetning bu sohasi bizning mamlakatimizda mashhur bo‘lib ketishi uchun biroz vaqt ketadi. Masalaning boshqa tomoni ham bor. Bunday olib qaraganda, ijtimoiy tarmoqlarning bizga
keragi bormi? Bu savolga ham javob berish har kimning o‘ziga havola. Biz esa shunchaki, bir-ikki statistika bilan cheklanamiz. So‘nggi marta may oyida SocialBakers saytiga tashrif buyurganimizda,
O‘zbekistonda yashovchi Facebook foydalanuvchilari soni 75 mingga yetgan edi. Undan avvalroq, bir tanishimiz bizga O‘zbekistondagi “Odnoklassniki” foydalanuvchilarining soni haqidagi statistik
ma’lumotlarni o‘rtoqlashgan edi. O‘shanda ularning soni 300 mingdan ortiq bo‘lgan. Bizning mamlakatimizda yana “MoyMir” ijtimoiy tarmog‘i ham o‘zining ancha mustahkam, garchi hozir so‘nib borayotgan
bo‘lsa ham, o‘rniga ega. O‘zbekistonda “MoyMir” foydalanuvchilarining aniq soni haqida bir narsa deyish qiyinku, lekin shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ularning soni mamlakatimizdagi Facebook
va Twitter foydalanuvchilaridan ko‘p bo‘lishi turgan gap. Aytgancha, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni hozirgi paytda 7 milliondan oshib ketgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pini mobil
internet foydalanuvchilari tashkil etadi. WWW.UZ top-reytingida yetakchilikni o‘zida saqlab kelayotgan www.torg.uz saytiga bir kunda o‘rtacha 13-15 ming kishi tashrifi buyurayotganligi hamda
mamlakatimizdagi jami Internet foydalanuvchilari soni o‘rtasidagi farqni solishtiradigan bo‘lsak, bir savol tug‘iladi: Qiziq, bizning shuncha o‘zbek foydalanuvchilari qaysi saytlarda “kezib”
yuribdi?.
Jamoatchilik bilan aloqalar (PR)
 Har qanday fikr huquqiy vanazariy asosiga ega bo`lsa, uijtimoiy voqelikka aylanishi vajamiyatda salmoqli o`rin tutishimumkin. Aytaylik, turlitashkilotlarning o`z jamoatchiligibilan aloqalariga e`tibor bering.Avvalo, tashkilot o`z faoliyatiga oidaxborotlarni yetarli darajadatarqatib boryaptimi? Zero, hozirgikunda respublika miqyosidafaoliyat ko`rsatayotgan dearli harbir davlat yo nodavlat tashkilotio`zining nashriga, internettizimida veb-saytiga, kitobnashriyotiga, hatto maxsusteleko`rsatuv varadioeshittirishlariga ega! Demak,har kuni istalgancha axborottarqatish imkoniyati mavjuddir.Ayni paytda ana shu OAV orqaliular jamoatchilikning fikrlariniham o`rganib borishlari mumkin.Endi asosiy gap – tashkilot vajamoatchilik o`rtasidagi aloqalarninazariy jihatdan ham o`rganganholda uning chinakam amaliyotigaerishishdir. Buni biz dunyoviyfanlardan biri bo`lgan – «RublicRelations» (inglizcha «Pablikrileyshnz»ning qisqartma nomi –PR, piar) deb ataladi. O`zbekchama`nosini «jamoatchilik bilanaloqalar», «ommaviy aloqalar»deyish mumkin.PR nazariyasiga ko`ra, fikr birtarafdangina aytilsa, u mohiyatan– biryoqlama targ`ibot bo`libqoladi. O`sha targ`ibot jamiyatuchun qanchalik muhimligini vauni odamlar qanday qabulqilayotganini o`rganib borishmaqsadga muvofiqdir.Jamoatchilik qiziqish va e`tiborbilan qabul qiladigantarg`ibotning samarasi shungayarasha bo`ladi. Bu bugunninggapi emas. Ko`hna zaminimizdaazal-azaldan fikrlar xilma-xilligigae`tibor bilan qaralgan. Ko`pdanko`p fikr chiqadi, degan naql bejizaytilmagan. Maslahatli to`ytarqamas, yetti o`lchab bir kes,otalar so`zi – aqlning ko`zi, singarimaqollar zamirida fikrlashmoq,maslahatlashmoq kabi ma`nolarmujassam. Ona sayyoramizyagona axborot makoniga aylanibqolgan hozirgi davrda axborotolish va tarqatish, shu bilan birqatorda ikki taraflama bahs, fikralmashishni zamonaviy PRsiztasavvur etish qiyin.PR ta`limotiga ko`ra, fikrlar xilma-xilligi tafakkur maydonini bahs-munozaralar bilan boyitadi.Oqilona so`zlar odilonaxulosalarga zamin yaratadi. Bumuhim masalaga yurtimizmustaqillikka erishganidan so`ngalohida e`tibor bilan qaralmoqda.Jamoatchilik bilan aloqalarmasalasi amaliyotda o`ziga xosvoqelikka aylanayotgan. Buboradagi ilmiy tadqiqotlar ko`lamiham kengayib borayotir. Dunyoviyfan hisoblanmish PR o`ziga xostafakkur maydoni ekanini harjabhada isbotlamoqda.Тaraqqiyparvar mamlakatlarda uqanday o`rin tutsa, bizda hamshunday salohiyatga egabo`layotir. Nafaqat mafkura, balkibiznes, marketing, iqtisodiyot,falsafa va hokazo sohalarda hamu o`ziga xos tarzda namoyonbo`layotir. Buni turli oliy o`quvyurtlarida o`tilayotgan PR fanimisolida ham ko`rishimiz mumkin.Хo`sh, bu fanning ahamiyatinimalardan iborat? Ilm bo`stonidau qachon paydo bo`lgan?Modomiki, ilg`or davlatlarrivojlanishida shunchalik muhimo`rin tutgan ekan, nechun bizgaendi yetib kelmoqda? Ilm-fantaraqqiyotida «cho`qqiga chiqdik»degan sobiq sho`ro zamonidanega biz PRning hatto nominiham eshitmagandik? Qolaversa,bu fan jamoatchilikning turliqatlamlariga nimalar berishimumkin? Avvalo kechagi«o`tmishda bu fandan bexabarqolganimiz» haqida.Sobiq sho`ro tuzumi, mafkurasi«jamoatchilik bilan aloqalar»degan gapni «hazm» qila olmasdi.Negaki, jamoatchilik bilan aloqadamantiqan har qanday fikr ikkitomonlama aytilishi va ayni vaqtda– tinglanishi shart! Kommunistikpartiya hukmronligi davrida esauning «daho»lari aytgani aytgan,degani degan edi. Kim unimuhokama qilishga, qarshi fikrbildirishga urinsa, «xalqdushmani» degan tavqi la`natgaduchor bo`lishi, mavh etilishi hechgap emasdi… Hatto, xalq taqdirigadaxldor ulkan siyosiy masala –saylov «jilovi» ham kimlarningdirqo`lida bo`lardi. Хalq go`yoqo`g`irchoqdek nomiga«saylardi». Bunday ko`r-ko`ronanohaqlik haqida fikr yuritish, buhaqda matbuotga yozish aslomumkin emasligini odamlar«ongli ravishda» tushunardilar.Umuman, «jamoa bo`libyashash»ni – turmush tarzi deyatalqin qilingan jamiyatdajamoatchilik fikri bilanhisoblashishga deyarli o`rin yo`qedi.O`sha davrda jamoatchilik bilanaloqalar o`rnatilgan taqdirda nehodisa yuz berardi? Hukmronmafkuraning biryoqlama «ta`limi»chippakka chiqardi. Тafakkurlikishilar har bir fanga ko`r-ko`ronakiritilgan mantiqsiz gaplarganisbatan muxtasar fikrinibildirardilar. Aytaylik, mafkurasohasida: «Хudoni yo`q, deb, ungashak keltirmanglar!» deya e`tirozbildirilar edi! Тarix sohasida:«Тurkiston hech kimga ixtiyoriyravishda qo`shilmagan, u kuchbilan bosib olingan…» deyilardi.Geografiya sohasida: «AmerikaniBeruniy kashf etgan!» deb tanolinardi. Astronomiya sohasidaMirzo Ulug`bekning kashfiyotlarifan sifatida o`tilardi. XX-asr o`zbekadabiyotining betakror durdonasibo`lgan «O`tkan kunlar» romaninio`qish ta`qiqlanishiga yo`lqo`yilmasdi.Siyosat sohasidagi bahstalabmasalalar haqiqiy yechiminitopardi! Iqtisodiyot masalasidaxususiy mulk qonuniy muhofazaqilinib, ishlab chiqarishning ilg`orusullari joriy etilardi! Хullas, umumishi – jamoatchilik fikrigatayangan holda hal etilardi!Jamoatchilik bilan aloqalar yo`lgaqo`yilgan taqdirda o`zlari birchetga «surilib» qolishidanxavotirga tushgan kompartiyakorchalonlari bu fanni hattoki ilmdargohlariga yo`latmadi. PRga oidkitoblar «ittifoq» hududiga kiribkelishiga yo`l qo`yilmadi…O`zbekiston davlat jahon tillariuniversiteti xalqaro jurnalistikafakulteti professori FayzullaMo`minovning «Ijod dunyosi»nashriyoti tomonidan 2004 yildachop etilgan «Pablik rileyshnz:istoriya i teoriya» kitobidata`kidlaganidek: «sobiq SSSRdavrida genetika va kibernetikagayillar mobaynida yolg`on ilm debta`rif berib kelindi». Shunchalikilmiy asosi mustahkam fanlargaki«yolg`on» deguvchilardan PRganisbatan adolatli fikr kutishga yo`lbo`lsin edi…Aslida sobiq komfirqakorchalonlari bu fanningmohiyatini yaxshi tushunganlar vao`zlarining manfaatlari yo`lidafoydalanganlar. «Qora piar»ko`pincha ularning qoraniyatlariga xizmat qilgani hambugun sir emas… Sobiq «ittifoq»barham topgach, bu dunyoviy fanbamisoli taraqqiyot mezonisifatida qanot qoqib keldi.Rossiyada ham, O`zbekistondaham bu fanga oid o`nlabadabiyotlar katta qiziqish bilankutib olindi. Muhimi bu fanamaliyoti tezorada jiddiy voqelikkaaylandi! Jamoatchilik bilanaloqalar bugun deyarli barchasohalarda taraqqiyot omilibo`layotgani sir emas! Bugunyurtimizda biror soha yo`qki,unga mutasaddi rahbarlar avvalojamoatchilik bilan aloqalaro`rnatmagan bo`lsa!..Endi bu fan tarixi va ta`rifigaqisqacha to`xtalamiz.PR amaliyotining asoschilaridanbiri jurnalist Ayvi Ledbetter Li edi.U 1898 yilda AQShdagi Pristonuniversitetini tugatgach, Nyu-Yorkdagi «World» gazetasidaishlay boshladi. Uni oddiyreportyorlikning tor ko`chalariqoniqtirmasdi. Shul bois busohaning boshqa qirralariniqidirib ko`rdi. 1904 yili AQShprezidenti saylovi davridademokratlar partiyasining milliyqo`mitasiga matbuot-byurosixodimi bo`lib o`tgan Ayvi Lihamkasbi Jorj Parker bilan birgao`z maqsadlarini amalgaoshirdilar. Ular «Parker va Li»firmasini tashkil etishdi. 1906yilda esa Ayvi Li «Тamoyillardeklaratsiyasi» deb nomlanganasarini nashrdan chiqarishgamuvaffaq bo`ldi.«Тamoyillar deklaratsiyasi» butunmillat uchun yuqori davlatorganlari va hokimiyatni hamhisobga olib, amerikacha ochiqjamiyat shakllanishi yo`lida asosiydasturiy hujjatlardan biri bo`libqoldi. Ayvi Li harakati XX-asrningo`ninchi yillaridagi aldoqchi vatalonchi mansabdorlarningsirlarini fosh qiluvchi yozuvchi vajurnalistlar harakatiga hamohangkeldi!«Public Relations» (Ijtimoiyaloqalar) so`zi birinchi martaAQShning uchinchi prezidentiTomas Jefferson tomonidan 1807yili ishlatilgan. Shundan so`ng AyviLining «Тamoyillar deklaratsiyasi»e`lon qilingungacha o`tgan vaqt(qariyb bir asr!) oralig`ida ham PRelementlari bo`lgan. Lekin uboshqa turdosh sohalar zamiridakurtak otardi. Vaqt o`tishi bilanalohida soha sifatida maxsuschizgilari ko`zga tashlandi.1809 yili Britaniya qirolligi ijtimoiyaloqalar va jamoatchilik fikriningo`sib borayotgan rolini hisobgaolib o`z xodimlari shtatigamatbuot kotibi lavozimlarinikiritdi. XIX-asrning o`ttizinchiyillarida matbuot kotibi lavozimiAQShda ham keng tarqaldi.PR – fan sifatida maydongachiqishida hamda ilmiyasoslanishida AQShlik olim EdvardBernayzning xizmatlari alohidae`tiborga molik. U 1919 yili Nyu-Yorkda xususiy «piar-byuro»siniochadi. Uning faoliyati mobaynidajamoatchilik bilan aloqalarningsamarasini ko`radi! Nihoyat,«Jamoatchilikning billurfikrlari» («Kristallizatsiyaobщestvennogo mneniya»)kitobini 1923 yilda chop ettiradi.Bu kitob PR fanining birinchinazariy poydevori edi! O`shayiliyoq Nyu-York universitetida«Pablik rileyshnz» kafedrasi hamtashkil etildi.A.Chumikovning «Pablik Rileyshnzsvyazi s obщestvennostyu»asarida bayon etilishicha, EdvardBernayz o`z faoliyatini shundayta`riflagan: «1919 yilda dastlabkiofisimni ochganimda «jamoaviyaxborot», «press-agent», «pablikmenejer» atamalaridan vozkechib, «Pablik Rileyshnzmaslahatchisi»ni tayinladim. Umijozlarning fikrini tinglab,jamoatchilik bilan aloqalarniravnaq toptirishga xizmat qilaboshladi».Shu tariqa bu fan nazariyotchilaritarixiy vazifalarini bajarishgakirishdilar. AQSh, Angliya singaridunyoning ilg`or mamlakatlaridao`tgan asrning birinchichoragidan buyon PR fani o`quvyurtlarida o`rganilmoqda.Nazariyotchilar tomonidan PRningturli qirralari kashf etilmoqda.Ayrim olimlar: «Pablik rileyshnz –tashkilot va jamoatchiliko`rtasidagi o`zaro hurmatgaasoslangan munosabat» debta`riflashsa, boshqanazariyotchilarning fikricha u:«shaxslar, tashkilot va bir guruhkishilarning o`zaro hurmatgaasoslangan munosabatlarinio`rnatish, axborot almashinuvi vajamoatchilik munosabatinibaholashga tayanadi». Anashunday fikrlar xilma-xilliginingo`ziyoq bu yangi fanning qamrovinaqadar kengligidan dalolatberadi.Mashhur ingliz olimi Sem Blekta`riflashicha: «Pablik Rileyshnz –aniq, haqqoniy axborotlargaasoslangan, o`zaro bir-birinitushunish to`g`risidagi fan vasan`atdir».PRning xalqaro miqyosdagi o`rnialohida. Binobarin, xalqaro piartashkilotlari faoliyati jahon afkorommasining e`tiborini o`ziga jalbetmoqda. Хalqaro pablik rileyshnzassotsiatsiyasi (ХPRA), Хalqarobiznes kommunikatsiyalarassotsiatsiyasi (ХBMA), Pablikrileyshnz Yevropakonfederatsiyasi (PREK), Хalqaropablik rileyshnz tashkiloti (ХPRТ)shular jumlasidandir. 1974 yiliYePRA – Yevropa pablik rileyshnzassotsiatsiyasi BMТ tarkibidagiiqtisodiy va ijtimoiy kengashmaslahatchi organi sifatida qaydqilingan. Хo`sh, PRning maqsad vavazifalari nimalardan iborat?Yuqorida nomi qayd etilgankitobida Fayzulla Mo`minov busavolga aniq va lo`nda javoblaryozgan. Ya`ni, PRning birinchigaldagi maqsadi – jamoatchilikbilan aloqalarni yo`lga qo`yishbo`lsa, bosh vazifasi – axborotyordamida omma fikriniboshqarishdir. U davlat va jamiyattashkilotlari, ishlab chiqaruvchilarva iste`molchilar o`rtasida aloqao`rnatadi. Bu aloqa – fikralmashish, axborot olish vatarqatish, munosabatlarnimustahkamlash bilan izohlanadi.Har bir tashkilot va muassasaningfaoliyati xalqning iqtisodiy, siyosiyhamda madaniy hayotiniyaxshilashga qaratilgan bo`lishishubhasiz. Bu o`rinda ham piaro`ziga xos tafakkur maydoninivujudga keltirgan holda samaralinatijalarga erishishga xizmatqilaveradi. Sem Blek ta`biri bilanaytganda, PR – kundalik hayotimizishchanligi, boshqaruvchanligi vaboshqa tomonlarining zarur qismibo`lib qoldi.Piar xizmati demokratiyasharoitidagina rivojlanishimumkin. Shul bois istiqlolsharofati bilan yurtimizda PRravnaq topishiga sharoit yetarli!Mustaqil yurtimizda globalmasalalar odilona hal etilishidaavvalo keng jamoatchilik fikrigatayanilmoqda. Buni ulug`vorislohotlar jarayonida ham,ijtimoiy-siyosiy jabhalarda hamyaqqol kuzatish mumkin.O`zbekistonda piarning strukturalirivojlanishi ko`pchilikka yaxshima`lum. Bizda matbuot kotibivazifasi va matbuot xizmatlariallaqachon joriy etilgan. Binobarin,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2006 yil 22sentabrda qabul qilingan “Davlatva xo`jalik boshqaruviorganlarining jamoatchilik bilanaloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriyurtimizda piarni yanadatakomillashtirishga xizmat qiladi.Тa`bir toiz bo`lsa, bu qaror PRxizmatini amalga oshirishdamuhim huquqiy asos bo`libxizmat qiladi. Ayni vaqtda qatorvazirliklarda, qo`mita, boshqarmava boshqa joylarda jamoatchilikbilan ishlash markazlari, matbuotxizmatlari tashkil etilgan.Fikrlar oshkora aytiladiganmaydonni biz – tafakkur maydoni,dedik. PR amaliyotining yorqinifodasi sifatida matbuotkonferensiyasi mohiyatan anashunday maydon vazifasinio`taydi. Unda mutasaddi rahbarbilan OAV xodimlari yuzma-yuzo`tiradilar. Milliy matbuotmarkazida vaqti-vaqti bilano`tkaziladigan matbuotanjumanlari aynan tafakkurmaydoniga aylanishi e`tirofetilayotir. Bu anjumandasavollarga qonuniy, alalxusus,haqqoniy javoblar beriladi. Buhaqda hozirjavoblik bilan OAVdayoritiladi. Shu tariqa jamoatchilikbilan aloqalar mustahkamlanibboraveradi. Хalq fikri, takliflario`rganiladi. Demakki, fikr – ikkitomonlama aytiladi va tinglanadi,pirovardida esa odilona xulosalarchiqarishga imkon yaralaveradi.Demak, PR fani mustaqilmamlakatimizda milliymentalitetimizga mos ravishdaravnaq topishi, o`z navbatidatafakkur maydonining nazariypoydevori bo`lib qolishishubhasizdir.

SIROJIDDIN Shonazarov.

вторник, 4 июня 2013 г.

Dunyoni axborot boshqaradi Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Azal-azaldan insoniyatdagi olamni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ajoyib ixtirolar qilishga undagan. Shu yaratuvchanlik qobiliyati vositasida ko‘plab ilm sohiblarining nomi manguga bitildi. Tarixchilar har bir asrning odamzot uchun alohida o‘rni, boshqasini takrorlamaydigan ahamiyati borligini ta'kidlaydi. Dar­haqiqat, qadim chinliklarning qog‘ozni kashf etishidan boshlangan madaniyat olmoniyalik muhandis Guttenbergning bosma dastgoh yaratguniga qadar ming bor takomillashib, zamonlar chig‘irig‘ida elandi. Va nihoyat, biz nafas olayotgan davr - XXI asr endilikda "axborot" so‘zi bilan yonma-yon ishlatilmoqda.
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan texnika va texnologiyalar tizimi inson tafakkurining sarhad bilmas ekaniga ishora.
Yoydan to vodorod bombasiga qadar
Bundan ming yil avvalgi urush kayfiyatida yurgan hukmdorlar zirhlangan suvoriylari, kamonu o‘q-yoyi, ko‘zi qonga to‘lgan jangari fillari bilan raqibini bemalol sarosimaga sola olganini bilamiz.
Yaqin-yaqingacha esa davlatlar bir-biriga do‘q urganda, qurolli kuchlarini, harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilib, ogohlantirib qo‘yishardi. Qariyb oltmish yil davom etgan "sovuq urush" davrida atom bombasidan tortib, Yer sharini "o‘z o‘qidan chiqarib yuborish" darajasidagi qudratli vodorod bombalari kashf etildi. Ana shu tahlikali jarayonda "kunchiqar yurt"ning Xirosima va Nagasaki shaharlari aholisi, janubiy-shar­qiy Osiyo mamlakatlarining ko‘plab xalqi aziyat chekdi va undan qolgan asoratlar haligacha bartaraf qilingani yo‘q...
Yigirma birinchi asrga kelib, geopolitika maydonida ot o‘ynatib yurgan davlatlar "xavf­li o‘yinchoqlar"dan ongli ravishda voz kechishga mujbur bo‘lmoqda, chunki garchi siyosiy jihatdan diplomatik munosabatlarning sovuqlashib, mamlakatlarning bir-birini sayyora xaritasidan «o‘chirib» tashlashga bo‘lgan intilishi natija bergan taqdirda ham, u ikki tomonning yo‘q bo‘lib ketishi, ya'ni bir-birini mahv etishi bilan yakunlanadi. Bunday xotimadan esa na u tomon, na bu taraf naf ko‘radi. Ma'lumki, har qanday geosiyosat tagida iqtisodiy manfaat yotadi. Shunday ekan, bugungi kunda barcha davlatlarning turmush tarzi, hayot kechirishi o‘zaro bog‘langandir.
Ammo bu bilan azaliy kelishmovchiliklar barham topdi, deb bo‘lmaydi. Ajdodlaridan avlodiga meros qolib kelayotgan bu kayfiyat hamon tinch­likparvar xalqlarning, millatlarning ko‘nglini kemirib turibdi. Faqat bugungi kurashlarda asosiy qurol o‘zgargan. Axborot asosiy kurash vositasiga aylandi.
Eng tansiq "taom"
Axboriy jamiyat tushunchasi o‘tgan asrning 60-yillarida taniqli siyosatchi va iqtisodiyot bilimdonlari tomonidan tilga olingan postindustrial jamiyat kontseptsiyasining uzviy davomi sifatida vujudga keldi. Postindustrial jamiyat deganda, yuksak darajada sanoatlashgan, ilmiy-texnikaviy inqilob tufayli barpo etilgan barqaror iqtisodiy turmush tarziga ega tuzilma ko‘z oldimizga keladi. Bunda yaratilayotgan mo‘'jizaviy ixtirolar kashfiyot bo‘libgina qolmay, xizmat ko‘rsatishga va shu orqali mislsiz daromad keltirishga yo‘naltiriladi. Pos­t­­in­dustrial jamiyat axboriy jamiyat qurish yo‘lidagi o‘ziga xos evolyutsion jarayondir.
Axboriy jamiyat nazariyasi insoniyat tarixidagi hozircha eng so‘nggi tamaddun bo‘lib, uning asosiy mahsuloti axborot va tafakkurdir. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, dunyoning juda ko‘p boy kishilari aynan intellekti evaziga investitsiya jamg‘arishmoqda. Axborotni to‘plash, qayta ishlash va tar­qatish orqali har kecha-kunduzda milliardlab mablag‘ aylanishini tasavvur qilish qiyinmas. Birgina "Maykrosoft" kompaniyasi orqasidan minglab aqliy salohiyat sohiblari «suv ichadi». Masalan, internet tizimidagi brauzer (qidiruv xizmati) xo‘jayinlari saytga kiruvchilarni chek-chegarasiz ma'lumotlar bilan ohanrabodek chorlab, o‘z navbatida, bu xaridorlar e'tiboriga yirik korxona va firmalarning mahsulotlari reklamasini ham havola etish natijasida millionerlarga aylanishdi.
Amerikalik siyosatchilar axboriy jamiyatning bir qator muhim ko‘rsatkichlarini sanab o‘tishgan. Axboriy mahsulotlar (ommaviy axborot vositalari mahsulotlari, madaniyatning turli ko‘rinishlari va hokazo) bora-bora ichki yalpi mahsulotlar (ishlab chiqarish sanoati, agrosanoat, neft qazish va metallurgiya) keltirayotgan umumiy daromaddan ortib ketadi. Yagona global axborot makonini yaratish uchun, birinchidan, har bir fuqaroning xabar va yangiliklarga bog‘liqlik darajasini oshirish talab etiladi. Ular bir soatlik vaqtini ham o‘ziga aloqador bo‘lgan axborotsiz tasavvur qilolmaydigan bo‘lib qoladi. Ikkinchidan, odamlar dunyoviy jarayonlar: siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy, mafkuraviy voqea-hodisalarga ham taalluqli axborot resurslari bilan ipsiz bog‘lanishadi. Uchinchidan, kishilarning axborot va axboriy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘z vaqtida qondirilishi lozim. Muxtasar aytganda, bunday jamiyatda axborot eng tansiq "taom" bo‘lib qoladi.
Yangi tamaddun ixtirochilari
Insoniyat umumtamaddunini taniqli futurolog A.Toffler uchga bo‘ladi: qishloq xo‘jaligi inqilobi, sanoat inqilobi va axboriy inqilob. Bularning uchinchisi - "axboriy jamiyat" so‘zining muomalaga kiritilishi bobida mutaxassislar ikki xil qarashni o‘rtaga tashlamoqda. Ayrimlarining fikricha, bu birikma yapon hukumatining ishlab chiqarishda strategik maqsadlarni belgilab olish bo‘yicha mas'ul guruhi tomonidan tayyorlangan mamlakatlarning istiqboldagi ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy yaratuvchanlikka oid salohiyatini tad­qiq etishga mo‘ljallangan maxsus nutqda tilga olingan.
Ikkinchi toifadagi mutaxassislar esa axboriy jamiyat tushunchasini dastlab G‘arb siyosatchilari B.Klinton va A.Gor Milliy ilmiy jamg‘arma konferentsiyasida so‘zlagan nutqlarida ishlatgan, deyishadi. Axboriy jamiyat qurish dasturi bo‘yicha Yevropa ekspertlar guruhi rahbari Martin Bangemann bu fikrni o‘sha konferentsiyadan so‘ng uchta yirik axboriy magistralning bunyod bo‘lishi, xususan, Kanada, AQSh va Buyuk Britaniya nashrlarining aynan axboriy jamiyat to‘g‘risidagi davomiy materiallar berishga qat'iy kirishgani bilan izohlaydi.
1960-yillarning ikkinchi yarmida "axboriy xuruj" degan atama paydo bo‘ldi. Axborotning jamiyatdagi ko‘lami, ko‘rsatkichi yuqori sur'atlarda o‘sib bordi. Va bu narsa ko‘plab davlatlarda axborotga tegishli qonunlar ishlab chiqish hamda izchillik bilan joriy etishga sabab bo‘ldi.
Ushbu qonunlarda asosan inson huquqlarini toptash va haqoratlash, tuhmat qilishga qaratilgan axborotlarni tar­qatish hamda daromad orttirish, odamlar shuurida voqea-hodisalarga nisbatan salbiy fikr uyg‘otish, vahimaga solish singari xatti-harakatlar jinoyat, deb belgilandi. Axboriy xurujlardan yurak oldirgan sobiq ittifoq esa o‘z hududi va bu orqali aholisi ongini «izolyatsiya»ladi. Axboriy jamiyat tushunchasiga qarshi tsenzurani o‘rnatdi. Lekin shunga qaramay, G‘arb mamlakatlarining ayrimlaridagi demokratik qarashlar, liberallashuv kurtaklari "axboriy jamiyat"ning rivojlanishiga zamin yaratdi.
Kun tartibida: axborot xavfsizligi masalasi
Axborot mo‘maygina daromad manbai bo‘lgach, u bilan jiddiy shug‘ullanishga, tashkiliy jihatdan uni yetkazib beruvchi vositalarni takomillashtirishga zarurat tug‘ildi. Mafkuraviy tomondan esa, uni to‘plash va tarqatishda ehtiyotkorlik masalalariga e'tibor qaratildi, davlatlarning sir saqlanadigan ma'lumotlari bilan shug‘ullanuvchi alohida axborot xavfsizligi organlari tuzildi. Bunga parallel ravishda xorijiy mamlakatlar sirlarini o‘zlashtiruvchi maxfiy razvedka byurolari ham tashkil etildi.
Bir jihatni hech qachon yoddan chiqarmaslik kerakki, axboriy jamiyatda yashayotgan har bir shaxs arzimas soatlar ichida qabul qiluvchi axborotni ongli ravishda saralashga, qiyoslashga, oqini oqqa, qorasini qoraga ajratishga o‘rganishi shart. Bu nainki shaxsiy axborot xavfsizligi uchun, balki jamiyatning ma'lum "xuruj"lardan xoli bo‘lishida asqotadi.
Soha mutaxassisi F.Maxlup 1960-yillar boshida axborotga ta'rif berayotib, uni tafakkurning dastlabki mahsuloti, ya'ni xomashyo sanoatining (hali tayyor bo‘lmagan!) bir turi degandi. Rus olimi V.Glushkov esa uni jamiyatni taqsimlash va bosh­qarishda "qog‘ozsiz texnologiya kontseptsiyasi", deb ko‘rsatgan. Aynan yaponiyaliklarning axborotning xomashyo sifatida qanchalik qadrli ekanini faol tar­g‘ib qilishi oqibatida dunyo bozorida raqobat kuchayib ketgani bor gap. Yapon sanoq sistemasi va hisoblash mashinalari axboriy jamiyat uchun suv va havodek zarur bo‘lgan texnoqatlam vazifasini bajargan bo‘lsa, u orqali "samuray"lar jahon bozorida yetakchilikni qo‘lga oldi.
1980 yilga kelib, axborot sotish va tegishli xizmatlar ko‘rsatish birdaniga yuqorilab ketdi. Masalan, AQShda o‘sha vaqtdayoq qishloq xo‘jaligi sohasida 3 foiz, xomashyo ishlab chiqarishda 20 foiz, maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida 30 foiz va axborot bilan shug‘ullanishda eng ko‘p - 47 foiz aholi band edi.
Axboriy sektor - harakatdagi, tez o‘suvchi industriyadir. U, o‘z navbatida, minglab odamlarni ish bilan ta'minlamoqda. AQSh kabelli telesanoatida bugungi kunda 100 ming nafardan ziyod ishchi fao­liyat yuritayapti. Shu kabi jihatlarni inobatga olib, BMT Bosh Assambleyasi 2006 yil 27 martdagi rezolyutsiyasida 17 mayni - xalqaro "axboriy jamiyat kuni" sifatida nishonlash taklifi bilan chiqdi.
"Chegaralar nisbiylashib boraveradi..."
Vaqt o‘tishi bilan jamoaviy ishlashdan individual mehnat qilish darajasi ortib boradi va ishchilarning avtomatlashgan markazi yuzaga keladi. Buning samarasi o‘laroq, odamlar juda ko‘plab ishlarni uyidan ko‘chaga chiqmay bajarishni uddasidan chiqishadi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha "kompyuterlashtirish" jarayoni kechmoqda. U o‘z o‘rnida an'anaviy ishlab chiqarish yoki oddiy qilib ayt­ganda, mehnat qilish tarzini o‘zgartirib yuboradi.
Axboriy jamiyatning eng katta yutuqlaridan (ayni paytda kamchiligi!) biri - bu chegaralarning qisqarishi, yo‘qolishi holatidir. Axboriy jamiyat rivojini uch zamonaviy omil bilan asoslash mumkin, ular - texnokratizm, postindustrializm va an'anaviy futurologiya.
Mutaxassis D.Bellning fikricha, axboriy jamiyat pos­t­industrial jamiyatning yangi bosqichi bo‘libgina qolmay, balki axborot va bilimlarni qayta ishlash jarayonida "ochilgan" kompyuter inqilobi hamdir.
Professor U.Martin ham uning bu sifat bilan atalishini tasodifiy emas, deb biladi. Uning dastlabki qarashlariga ko‘ra, Yaponiya, AQSh va G‘arbiy Yevropada o‘tgan asrning 60, 70-yillaridayoq postin­dustrial jamiyat ko‘rinishi mavjud edi. U ilmiy maqolalaridan birida axboriy jamiyatga texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sharh ham berib o‘tadi.
Bu omillarning har biri axboriy jamiyat qurishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, U.Martin siyosiy shar­hida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xalqaro ziddiyatlarga barham berish, hukumat faoliyatini nazorat qilish orqali to‘planadigan axborotlar erkin tarzda ifoda qilinishi zarurligi haqida yozadi. Oradan biroz vaqt o‘tib esa u "axboriy jamiyat" to‘g‘risidagi qarashlarini o‘zgartirib, ushbu hodisani "shunchaki G‘arb va Yevropa sarmoyadorlari an'analarining o‘zgargan talqini", deb atadi va bir nechta sifatlarini sanab o‘tdi. Biroq axboriy jamiyat kontseptsiyasini inkor etolmasligini, u orqali bashariyat turmush tarzi farovonlashishini, iqtisodiy to‘kin-sochinlikka erishilishini ta'kidlab: "Bunday jamiyatda hayot standartlari, mehnat va dam olish turlari, ta'lim hamda bozor tizimi mislsiz darajada taraqqiy etadi", degan xulosaga keldi.
Xulosa: gegemonlikning sharti o‘zgardi(mi?)
Odamzot qadim-qadimdan ideal jamiyat qurishni orzu qiladi. Ularga o‘zicha "yangi dunyo", "adolat olami" deb nom ham qo‘yadi. Axboriy jamiyat kontseptsiya ko‘rinishiga kelgunga qadar J.Lixtaymning "postburjuaziya"si, R.Darendorfning "postkapitalizmi", K.Boul­ding­ning "posttsivilizatsiyalashgan jamiyat"i, G.Kanning "postiqtisodiy jamiyat"i va R.Barnetning "postneft"ga oid qarashlari biror ahamiyatga egadek edi go‘yo. Axboriy jamiyat ularning mantiqiy davomi sifatida o‘rganilsa, "post"­larning eng so‘nggisi, ya'ni F.Fukuyama iborasi bilan ayt­ganda "tarix intihosi"dir. Binobarin, axboriy jamiyatdan so‘ng qanday jamiyat kelishini Fukuyamagina emas, shu sohada bosh qotirgan faylasuflar ham bilmaydi...
O‘tgan asr iqtisodi, siyosati va boshqa ijtimoiy jarayonlarida bilimning, idrok qilish­(intuitsiya)ning roli beqiyos bo‘lgan esa, endilikda uning o‘rnini yangi faoliyat turi - telekommunikatsiyalar egallaydi. Aniqroq qilib aytganda, "markaziy pult"ni kompyuter va ommaviy axborot vositalari boshqaradi.
Davlatlararo ixtiloflar aynan axboriy xurujlar asnosida yuz berib, axboriy kurashlar qarshiligida davom etadi. Qisqa qilib aytganda, mamlakatlar global axboriy makonda axborotga egalik qilish uchun kurashadi. Ammo bunday taraqqiy etgan davrda axborotga muttasil egalik qilishning imkoni yo‘q hisobi. Shunday ekan, mabodo qaysidir tomon buning uddasidan chiqolsa, shubhasiz, u dunyo tizginini har jihatdan o‘z qo‘liga oladi. Chunki yigirma birinchi asrda insoniyatni axborot bosh­qaradi.
AZAMAT JO'RAYEV