Jamoatchilik bilan aloqalar (PR)
Har qanday fikr huquqiy vanazariy
asosiga ega bo`lsa, uijtimoiy voqelikka aylanishi vajamiyatda salmoqli
o`rin tutishimumkin. Aytaylik, turlitashkilotlarning o`z
jamoatchiligibilan aloqalariga e`tibor bering.Avvalo, tashkilot o`z
faoliyatiga oidaxborotlarni yetarli darajadatarqatib boryaptimi? Zero,
hozirgikunda respublika miqyosidafaoliyat ko`rsatayotgan dearli harbir
davlat yo nodavlat tashkilotio`zining nashriga, internettizimida
veb-saytiga, kitobnashriyotiga, hatto maxsusteleko`rsatuv
varadioeshittirishlariga ega! Demak,har kuni istalgancha
axborottarqatish imkoniyati mavjuddir.Ayni paytda ana shu OAV orqaliular
jamoatchilikning fikrlariniham o`rganib borishlari mumkin.Endi asosiy
gap – tashkilot vajamoatchilik o`rtasidagi aloqalarninazariy jihatdan
ham o`rganganholda uning chinakam amaliyotigaerishishdir. Buni biz
dunyoviyfanlardan biri bo`lgan – «RublicRelations» (inglizcha
«Pablikrileyshnz»ning qisqartma nomi –PR, piar) deb ataladi.
O`zbekchama`nosini «jamoatchilik bilanaloqalar», «ommaviy
aloqalar»deyish mumkin.PR nazariyasiga ko`ra, fikr birtarafdangina
aytilsa, u mohiyatan– biryoqlama targ`ibot bo`libqoladi. O`sha targ`ibot
jamiyatuchun qanchalik muhimligini vauni odamlar qanday
qabulqilayotganini o`rganib borishmaqsadga muvofiqdir.Jamoatchilik
qiziqish va e`tiborbilan qabul qiladigantarg`ibotning samarasi
shungayarasha bo`ladi. Bu bugunninggapi emas. Ko`hna
zaminimizdaazal-azaldan fikrlar xilma-xilligigae`tibor bilan qaralgan.
Ko`pdanko`p fikr chiqadi, degan naql bejizaytilmagan. Maslahatli
to`ytarqamas, yetti o`lchab bir kes,otalar so`zi – aqlning ko`zi,
singarimaqollar zamirida fikrlashmoq,maslahatlashmoq kabi
ma`nolarmujassam. Ona sayyoramizyagona axborot makoniga aylanibqolgan
hozirgi davrda axborotolish va tarqatish, shu bilan birqatorda ikki
taraflama bahs, fikralmashishni zamonaviy PRsiztasavvur etish qiyin.PR
ta`limotiga ko`ra, fikrlar xilma-xilligi tafakkur maydonini
bahs-munozaralar bilan boyitadi.Oqilona so`zlar odilonaxulosalarga zamin
yaratadi. Bumuhim masalaga yurtimizmustaqillikka erishganidan
so`ngalohida e`tibor bilan qaralmoqda.Jamoatchilik bilan
aloqalarmasalasi amaliyotda o`ziga xosvoqelikka aylanayotgan. Buboradagi
ilmiy tadqiqotlar ko`lamiham kengayib borayotir. Dunyoviyfan
hisoblanmish PR o`ziga xostafakkur maydoni ekanini harjabhada
isbotlamoqda.Тaraqqiyparvar mamlakatlarda uqanday o`rin tutsa, bizda
hamshunday salohiyatga egabo`layotir. Nafaqat mafkura, balkibiznes,
marketing, iqtisodiyot,falsafa va hokazo sohalarda hamu o`ziga xos
tarzda namoyonbo`layotir. Buni turli oliy o`quvyurtlarida o`tilayotgan
PR fanimisolida ham ko`rishimiz mumkin.Хo`sh, bu fanning
ahamiyatinimalardan iborat? Ilm bo`stonidau qachon paydo
bo`lgan?Modomiki, ilg`or davlatlarrivojlanishida shunchalik muhimo`rin
tutgan ekan, nechun bizgaendi yetib kelmoqda? Ilm-fantaraqqiyotida
«cho`qqiga chiqdik»degan sobiq sho`ro zamonidanega biz PRning hatto
nominiham eshitmagandik? Qolaversa,bu fan jamoatchilikning
turliqatlamlariga nimalar berishimumkin? Avvalo kechagi«o`tmishda bu
fandan bexabarqolganimiz» haqida.Sobiq sho`ro tuzumi,
mafkurasi«jamoatchilik bilan aloqalar»degan gapni «hazm» qila
olmasdi.Negaki, jamoatchilik bilan aloqadamantiqan har qanday fikr
ikkitomonlama aytilishi va ayni vaqtda– tinglanishi shart!
Kommunistikpartiya hukmronligi davrida esauning «daho»lari aytgani
aytgan,degani degan edi. Kim unimuhokama qilishga, qarshi
fikrbildirishga urinsa, «xalqdushmani» degan tavqi la`natgaduchor
bo`lishi, mavh etilishi hechgap emasdi… Hatto, xalq taqdirigadaxldor
ulkan siyosiy masala –saylov «jilovi» ham kimlarningdirqo`lida bo`lardi.
Хalq go`yoqo`g`irchoqdek nomiga«saylardi». Bunday ko`r-ko`ronanohaqlik
haqida fikr yuritish, buhaqda matbuotga yozish aslomumkin emasligini
odamlar«ongli ravishda» tushunardilar.Umuman, «jamoa bo`libyashash»ni –
turmush tarzi deyatalqin qilingan jamiyatdajamoatchilik fikri
bilanhisoblashishga deyarli o`rin yo`qedi.O`sha davrda jamoatchilik
bilanaloqalar o`rnatilgan taqdirda nehodisa yuz berardi?
Hukmronmafkuraning biryoqlama «ta`limi»chippakka chiqardi.
Тafakkurlikishilar har bir fanga ko`r-ko`ronakiritilgan mantiqsiz
gaplarganisbatan muxtasar fikrinibildirardilar. Aytaylik,
mafkurasohasida: «Хudoni yo`q, deb, ungashak keltirmanglar!» deya
e`tirozbildirilar edi! Тarix sohasida:«Тurkiston hech kimga
ixtiyoriyravishda qo`shilmagan, u kuchbilan bosib olingan…»
deyilardi.Geografiya sohasida: «AmerikaniBeruniy kashf etgan!» deb
tanolinardi. Astronomiya sohasidaMirzo Ulug`bekning kashfiyotlarifan
sifatida o`tilardi. XX-asr o`zbekadabiyotining betakror durdonasibo`lgan
«O`tkan kunlar» romaninio`qish ta`qiqlanishiga yo`lqo`yilmasdi.Siyosat
sohasidagi bahstalabmasalalar haqiqiy yechiminitopardi! Iqtisodiyot
masalasidaxususiy mulk qonuniy muhofazaqilinib, ishlab chiqarishning
ilg`orusullari joriy etilardi! Хullas, umumishi – jamoatchilik
fikrigatayangan holda hal etilardi!Jamoatchilik bilan aloqalar
yo`lgaqo`yilgan taqdirda o`zlari birchetga «surilib» qolishidanxavotirga
tushgan kompartiyakorchalonlari bu fanni hattoki ilmdargohlariga
yo`latmadi. PRga oidkitoblar «ittifoq» hududiga kiribkelishiga yo`l
qo`yilmadi…O`zbekiston davlat jahon tillariuniversiteti xalqaro
jurnalistikafakulteti professori FayzullaMo`minovning «Ijod
dunyosi»nashriyoti tomonidan 2004 yildachop etilgan «Pablik
rileyshnz:istoriya i teoriya» kitobidata`kidlaganidek: «sobiq
SSSRdavrida genetika va kibernetikagayillar mobaynida yolg`on ilm
debta`rif berib kelindi». Shunchalikilmiy asosi mustahkam
fanlargaki«yolg`on» deguvchilardan PRganisbatan adolatli fikr kutishga
yo`lbo`lsin edi…Aslida sobiq komfirqakorchalonlari bu fanningmohiyatini
yaxshi tushunganlar vao`zlarining manfaatlari yo`lidafoydalanganlar.
«Qora piar»ko`pincha ularning qoraniyatlariga xizmat qilgani hambugun
sir emas… Sobiq «ittifoq»barham topgach, bu dunyoviy fanbamisoli
taraqqiyot mezonisifatida qanot qoqib keldi.Rossiyada ham,
O`zbekistondaham bu fanga oid o`nlabadabiyotlar katta qiziqish
bilankutib olindi. Muhimi bu fanamaliyoti tezorada jiddiy
voqelikkaaylandi! Jamoatchilik bilanaloqalar bugun deyarli
barchasohalarda taraqqiyot omilibo`layotgani sir emas! Bugunyurtimizda
biror soha yo`qki,unga mutasaddi rahbarlar avvalojamoatchilik bilan
aloqalaro`rnatmagan bo`lsa!..Endi bu fan tarixi va ta`rifigaqisqacha
to`xtalamiz.PR amaliyotining asoschilaridanbiri jurnalist Ayvi Ledbetter
Li edi.U 1898 yilda AQShdagi Pristonuniversitetini tugatgach,
Nyu-Yorkdagi «World» gazetasidaishlay boshladi. Uni
oddiyreportyorlikning tor ko`chalariqoniqtirmasdi. Shul bois busohaning
boshqa qirralariniqidirib ko`rdi. 1904 yili AQShprezidenti saylovi
davridademokratlar partiyasining milliyqo`mitasiga matbuot-byurosixodimi
bo`lib o`tgan Ayvi Lihamkasbi Jorj Parker bilan birgao`z maqsadlarini
amalgaoshirdilar. Ular «Parker va Li»firmasini tashkil etishdi.
1906yilda esa Ayvi Li «Тamoyillardeklaratsiyasi» deb nomlanganasarini
nashrdan chiqarishgamuvaffaq bo`ldi.«Тamoyillar deklaratsiyasi»
butunmillat uchun yuqori davlatorganlari va hokimiyatni hamhisobga olib,
amerikacha ochiqjamiyat shakllanishi yo`lida asosiydasturiy
hujjatlardan biri bo`libqoldi. Ayvi Li harakati XX-asrningo`ninchi
yillaridagi aldoqchi vatalonchi mansabdorlarningsirlarini fosh qiluvchi
yozuvchi vajurnalistlar harakatiga hamohangkeldi!«Public Relations»
(Ijtimoiyaloqalar) so`zi birinchi martaAQShning uchinchi prezidentiTomas
Jefferson tomonidan 1807yili ishlatilgan. Shundan so`ng AyviLining
«Тamoyillar deklaratsiyasi»e`lon qilingungacha o`tgan vaqt(qariyb bir
asr!) oralig`ida ham PRelementlari bo`lgan. Lekin uboshqa turdosh
sohalar zamiridakurtak otardi. Vaqt o`tishi bilanalohida soha sifatida
maxsuschizgilari ko`zga tashlandi.1809 yili Britaniya qirolligi
ijtimoiyaloqalar va jamoatchilik fikriningo`sib borayotgan rolini
hisobgaolib o`z xodimlari shtatigamatbuot kotibi lavozimlarinikiritdi.
XIX-asrning o`ttizinchiyillarida matbuot kotibi lavozimiAQShda ham keng
tarqaldi.PR – fan sifatida maydongachiqishida hamda ilmiyasoslanishida
AQShlik olim EdvardBernayzning xizmatlari alohidae`tiborga molik. U 1919
yili Nyu-Yorkda xususiy «piar-byuro»siniochadi. Uning faoliyati
mobaynidajamoatchilik bilan aloqalarningsamarasini ko`radi!
Nihoyat,«Jamoatchilikning billurfikrlari»
(«Kristallizatsiyaobщestvennogo mneniya»)kitobini 1923 yilda chop
ettiradi.Bu kitob PR fanining birinchinazariy poydevori edi!
O`shayiliyoq Nyu-York universitetida«Pablik rileyshnz» kafedrasi
hamtashkil etildi.A.Chumikovning «Pablik Rileyshnzsvyazi s
obщestvennostyu»asarida bayon etilishicha, EdvardBernayz o`z faoliyatini
shundayta`riflagan: «1919 yilda dastlabkiofisimni ochganimda
«jamoaviyaxborot», «press-agent», «pablikmenejer» atamalaridan
vozkechib, «Pablik Rileyshnzmaslahatchisi»ni tayinladim. Umijozlarning
fikrini tinglab,jamoatchilik bilan aloqalarniravnaq toptirishga xizmat
qilaboshladi».Shu tariqa bu fan nazariyotchilaritarixiy vazifalarini
bajarishgakirishdilar. AQSh, Angliya singaridunyoning ilg`or
mamlakatlaridao`tgan asrning birinchichoragidan buyon PR fani
o`quvyurtlarida o`rganilmoqda.Nazariyotchilar tomonidan PRningturli
qirralari kashf etilmoqda.Ayrim olimlar: «Pablik rileyshnz –tashkilot va
jamoatchiliko`rtasidagi o`zaro hurmatgaasoslangan munosabat»
debta`riflashsa, boshqanazariyotchilarning fikricha u:«shaxslar,
tashkilot va bir guruhkishilarning o`zaro hurmatgaasoslangan
munosabatlarinio`rnatish, axborot almashinuvi vajamoatchilik
munosabatinibaholashga tayanadi». Anashunday fikrlar
xilma-xilliginingo`ziyoq bu yangi fanning qamrovinaqadar kengligidan
dalolatberadi.Mashhur ingliz olimi Sem Blekta`riflashicha: «Pablik
Rileyshnz –aniq, haqqoniy axborotlargaasoslangan, o`zaro
bir-birinitushunish to`g`risidagi fan vasan`atdir».PRning xalqaro
miqyosdagi o`rnialohida. Binobarin, xalqaro piartashkilotlari faoliyati
jahon afkorommasining e`tiborini o`ziga jalbetmoqda. Хalqaro pablik
rileyshnzassotsiatsiyasi (ХPRA), Хalqarobiznes
kommunikatsiyalarassotsiatsiyasi (ХBMA), Pablikrileyshnz
Yevropakonfederatsiyasi (PREK), Хalqaropablik rileyshnz tashkiloti
(ХPRТ)shular jumlasidandir. 1974 yiliYePRA – Yevropa pablik
rileyshnzassotsiatsiyasi BMТ tarkibidagiiqtisodiy va ijtimoiy
kengashmaslahatchi organi sifatida qaydqilingan. Хo`sh, PRning maqsad
vavazifalari nimalardan iborat?Yuqorida nomi qayd etilgankitobida
Fayzulla Mo`minov busavolga aniq va lo`nda javoblaryozgan. Ya`ni, PRning
birinchigaldagi maqsadi – jamoatchilikbilan aloqalarni yo`lga
qo`yishbo`lsa, bosh vazifasi – axborotyordamida omma
fikriniboshqarishdir. U davlat va jamiyattashkilotlari, ishlab
chiqaruvchilarva iste`molchilar o`rtasida aloqao`rnatadi. Bu aloqa –
fikralmashish, axborot olish vatarqatish, munosabatlarnimustahkamlash
bilan izohlanadi.Har bir tashkilot va muassasaningfaoliyati xalqning
iqtisodiy, siyosiyhamda madaniy hayotiniyaxshilashga qaratilgan
bo`lishishubhasiz. Bu o`rinda ham piaro`ziga xos tafakkur
maydoninivujudga keltirgan holda samaralinatijalarga erishishga
xizmatqilaveradi. Sem Blek ta`biri bilanaytganda, PR – kundalik
hayotimizishchanligi, boshqaruvchanligi vaboshqa tomonlarining zarur
qismibo`lib qoldi.Piar xizmati demokratiyasharoitidagina
rivojlanishimumkin. Shul bois istiqlolsharofati bilan yurtimizda
PRravnaq topishiga sharoit yetarli!Mustaqil yurtimizda globalmasalalar
odilona hal etilishidaavvalo keng jamoatchilik fikrigatayanilmoqda. Buni
ulug`vorislohotlar jarayonida ham,ijtimoiy-siyosiy jabhalarda hamyaqqol
kuzatish mumkin.O`zbekistonda piarning strukturalirivojlanishi
ko`pchilikka yaxshima`lum. Bizda matbuot kotibivazifasi va matbuot
xizmatlariallaqachon joriy etilgan. Binobarin,O`zbekiston Respublikasi
VazirlarMahkamasining 2006 yil 22sentabrda qabul qilingan “Davlatva
xo`jalik boshqaruviorganlarining jamoatchilik bilanaloqalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriyurtimizda piarni
yanadatakomillashtirishga xizmat qiladi.Тa`bir toiz bo`lsa, bu qaror
PRxizmatini amalga oshirishdamuhim huquqiy asos bo`libxizmat qiladi.
Ayni vaqtda qatorvazirliklarda, qo`mita, boshqarmava boshqa joylarda
jamoatchilikbilan ishlash markazlari, matbuotxizmatlari tashkil
etilgan.Fikrlar oshkora aytiladiganmaydonni biz – tafakkur
maydoni,dedik. PR amaliyotining yorqinifodasi sifatida
matbuotkonferensiyasi mohiyatan anashunday maydon vazifasinio`taydi.
Unda mutasaddi rahbarbilan OAV xodimlari yuzma-yuzo`tiradilar. Milliy
matbuotmarkazida vaqti-vaqti bilano`tkaziladigan matbuotanjumanlari
aynan tafakkurmaydoniga aylanishi e`tirofetilayotir. Bu
anjumandasavollarga qonuniy, alalxusus,haqqoniy javoblar beriladi.
Buhaqda hozirjavoblik bilan OAVdayoritiladi. Shu tariqa
jamoatchilikbilan aloqalar mustahkamlanibboraveradi. Хalq fikri,
takliflario`rganiladi. Demakki, fikr – ikkitomonlama aytiladi va
tinglanadi,pirovardida esa odilona xulosalarchiqarishga imkon
yaralaveradi.Demak, PR fani mustaqilmamlakatimizda
milliymentalitetimizga mos ravishdaravnaq topishi, o`z navbatidatafakkur
maydonining nazariypoydevori bo`lib qolishishubhasizdir.
SIROJIDDIN Shonazarov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий