вторник, 17 марта 2015 г.

Siz! Chiyal bozorini bilasizmi…

Bu, bozor Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining olis “mavze” larida, ya’ni Ko’kdala hududida joylashgan bo’lib, qadimdan o’zining ajoyib to’qimachilik, hunarmandlik, ganchkorlik va mazali taomlari bilan ma’lumu-mashhur bo’lib kelmoqda!
“Chiyal” bozori Sobiq SSSR davrida “Payshami”, “Yaxna” bozorlari ham deb yuritilgan. Bozrni bugungi kunda ham mahalliy aholi vakillari “Payshami” (Payshanbi) bozori deb atashadi. Lekin bozor haftaning dam olish kuni (yakshanba)da bo’lib o’tadi…
 Yozuvchi \ Qorayevning "O`zbekiston toponimiyasi" nomli asarida Chiyali nomi chiya - "yovvoyi olcha"dan olingan deb hisoblaydi. Ammo tarixchi olim Shamsuddin Kamoliddinovning fikricha, Chiyal bu turkiy urug`lardan birining nomi.  "Chiyal" qadimgi turk urug`i chigillar nomidan olingan bo`lishi mumkin. Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga ko'ra ushbu qishloq joylashgan qir-adirlarda qadimda chiya bo'rilar juda ko'p bo'lgan va xalq shundan kelib chiqib qishloqni Chiyalisoy (chiyabo'rilar yuradigan soy)deb atagan, keyinchalik soy qo'shimchasi tushib, Chiyali tarzida aytilgan. bu bozor sho'rolar davrida kamyob tovarlarning mo'l-ko'lligi bilan mashhur bo’lgan. dukonlarda topilmaydigan, "peshtaxta osti"dan sotiladigan ichki va chet  tovarlarni shu bozordan topish mumkin bo’lgan. Shuning uchun bu yerga viloyatning turli burchaklaridan o'ziga to'q va boy odamlar kelishgan.
Chiyalliklar savdogarliklari bilan ma’lumu mashhur bo'lishgan. Bozor haqida el orasida afsonalar yuradi. Shulardan bir nechtasi: bozorda qurol sotib olishingiz mumkin, o'g'rilik yo'q, chunki o'g'ri tutilib qolsa, uni toshbo'ron qilishadi yoki do'pposlashadi, va hk.
Bu bozor haqida taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki karra ikki Besh” nomli qissasidan ham bilishingiz mumkin bo’ladi... qissada Qo’shshaqvoyning Chiyal bozoriga borib bir qancha hangomalarga duch kelganlari aytilgan.
Hozirda bu bozorning mavqei biroz pasaygan, sho'rolar davridagi va mustaqillikning dastlabki yillaridagi ahamiyatini yo`qotgan. Bunga sabab "peshtaxta osti" degan tushunchaning yo`qolgani va raqobatchi bozorlarning ko`payib ketganligi bo`lishi mumkin.
“Chiyal yaxnasi”

Chiyal yaxnasi — yangi soʻyilgan yosh va semiz qoʻyning goʻshtidan tayyorlanadi va Chiyallik va chiroqchilarning  faxri hisoblanadi.
1990-yillarning yarmigacha bu taomning tayyorlanishi sir saqlangan. Bu taomni tatib koʻrish ishtiyoqida boʻlsangiz, bozor kuni ”Payshami” bozoriga kelishingiz kerak boʻlgan. Hattoki, hozirgi kunda ham usha taomning mazasini ta’tib ko’rish uchun nafaqat mahalliy aholi vakillari balki, viloyatning turli hududlaridan ham kelishadi Faqat goʻshtdan iborat boʻlgan bu taom oʻzining yogʻliligi bilan balki gʻarbliklarni shok qilishi mumkin. Lekin, tandirdan endi uzilgan non bilan birga tanovul qilsangiz, nega odamlar bu taom uchun shuncha yoʻl bosib kelishlarini anglab yetasiz. “Hayyyaaaa”... bu bororning yana bir siri shundaki! Uning mazali taomlaridan bahramand bo’lmoqchi bo’lsangiz tong saharda bozorga tushing, aks holda! Taomdan bebahra qolishingiz mumkin!!!
1990-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bu taom avval Chiroqchi shahrida, keyinchalik Qarshidagi baʼzi choyxonalarda paydo boʻldi. Agar yoʻlingiz bu shaharlarning birontasiga tushsa, shu taomdan tatib koʻrmasdan ketmang.

Muallif: Azamat Jurayev


пятница, 20 июня 2014 г.

Ommaviy axborot vositalari

     Mustaqil axborot vositalari xalqqa va ularning siyosiy namoyandalariga ongli ravishda,
asosli qarorlar qabul qilishda ko’maklashadi. Ular hokimiyat organlari faoliyatini
kuzatishga hissa qo’shib, muhokamaga qo’yilgan masalalar mohiyati va sifatiga e’tiborni
oshiradi. Bu o’z navbatida hukumat, biznes, ilm ahli va fuqarolik jamiyatini faollikka
undaydi. Shunday ekan, erkin matbuot demokratiyaning tarkibiy qismidir.
Jurnalistlar xavfsizligi ta’minlanmagan jamiyatda so’z erkinligi
bo’lmaydi.
      Quyida, o’z hukumatini tanqid qilishga uringan jurnalistlar qanday muammolarga duch
kelishi qayd etilgan:

Yangicha urushlar: matbuot erkinligi uchun murakkab
davr
   
        Dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismi so'z erkinligi bo'g'ilgan mamlakatlarda
Yashaydi. Biz urush zonalarida tasodifan halok bo'lgan jurnalistlar
va qaltis mavzularni yoritgani, o'zboshimcha siyosat, o'g'rilik, nohaqlik,
jinoyat va yulg'ichlikni tanqid qilgani uchun ataylab nishonga olingan
muxbirlarni bir-biridan farqlashimiz zarur. Yangicha urushlar avvalgidek
armiyalar o'tasida emas balki etnik, mafkuraviy, diniy va jinoiy manfaatlar
o'rtasida kechar ekan, bu jarayonlarni yoritish tobora xavfli bo'lib bormoqda.
Bu mojarolarda jurnalistlarning o'limi yoki jarohatlanishini doimo taso -
dif deb bo'lmaydi. Urush guvohlari jangarilar va hatto harbiylar tomonidan
ham nishonga olinadi.

        Ommaviy axborot vositalari hukumat nazorati ostida bo’lgan jamiyatlarda ular amaldorlar
qo’lidagi propaganda vositasidir. Bunday sharoitda axborot vositalari qurolli
kuchlar ustidan ochiq va demokratik nazoratni oshirish yo’lida hissa qo’sha olmaydi.
Internet asrida rasmiy ma’lumotlar olish qiyin emas. O’tgan yilllar moboynida bu yo’nalishda
ijobiy qadamlar tashlangani, oshkoralik va ijtimoiy javobgarlik oshgani kuzatiladi.
Bu jarayonni qo’llab-quvvatlash lozim. Chunki, axborot erkinligi fuqaro bilim saviyasini
oshiradi, bahs-munozaralarni mazmunan boyitadi va shu tariqa boshqaruvni
yaxshilaydi. Internetning o’ziga xos salbiy jihatlari ham bor. Ekstremist guruhlar
undan, deylik, irqchilik va antisemitizm g’oyalarini targ’ib qilish uchun foydalanadi.
Qaynoq nuqtalarda ba’zida radio stansiyalar ekstremistlar uchun minbar sifatida xizmat
qiladi va o’zaro nafrat urug’ini sochadi.

Xavfsizlik sohasida ma’lumot to’plash va tarqatish

      Demokratiya va adolatli boshqaruv nuqtai nazaridan qaraganda ommaviy axborot
vositalari xalq manfaati yo’lida xavfsizlikka doir ma’lumot to’plash va tarqatish erkinligiga
ega. Ular haqqoniy, aniq va xolis axborot uzatish uchun javobgardir.
Hukumat va parlament xalqqa o’z qarorlari va siyosatini ommaviy axborot vositalari
orqali tushuntiradi. Bilish va shu asnoda siyosiy jarayonda ishtirok etish esa fuqarolarning
uzviy huquqidir. Masalan, axborot vositalari xavfsizlik idoralari rahbarlari, xavfsizlik
siyosati, chet elga qo’shin safarbar etish, harbiy doktrina, ta’minot, kelishuvlar,
ishtirokchilar va kun tartibiga qo’yilgan mavzular haqida ma’lumot tarqatib, ommani
ulardan xabardor qiladi. Biroq maxfiy ma’lumotlarga kelganda tashqaridan yoki o’z
o’zini senzura qilish hollari kuzatiladi.

Ommaviy axborot vositalari va xavfsizlikka tegishli qonunlar

         Barcha mamlakatlarda so’z erkinligi to’g’risida qonunlar qabul qilingan. Inson
Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 19-bandida quyidagi satrlar bitilgan:

“Har bir inson fikr va so’z erkinligiga ega. Jumladan, aralashuvsiz
mulohaza yuritish, ma’lumot va g’oyalar izlash, olish va har qanday
axborot vositasi orqali uzatish huquqiga ega”.

Bunday erkinlikka qanday erishish va uni himoya qilishga qaratilgan xalqaro dasturko’rsatmalar
mavjud emas. Qayd etish joizki, yuqoridagi prinsipda xavfsizlik sohasiga
tegishli ehtimoliy cheklovlarga umuman ishora qilinmagan.
AZAMAT JURAYEV

пятница, 6 июня 2014 г.

Таппи тайёрлаш технологияси

(Ҳангома)
            Жамиятнинг барқарор ривожланиши муқобил энергия манбаларига эҳтиёжнинг ортишини вужудга келтиради.
Муқобил энергия манбаларини излаб топиш зарурияти замона олимларининг патагига тушган қурт бўлмоқда. Омилкор халқимиз эса минг йиллар илгари муқобил ёнувчини кашф этиб бўлган ва хўжаликда уни мунтазам қўллаб келмоқда…
Ассалому алайкум. Бугунги сонимизда ТТТ – таппи тайёрлаш технологияси ҳақида маълумот берамиз.
Таппи бу ҳозирда халқ орасида кенг тарқалган ёнувчан маҳсулот бўлиб, асосан, мол ва қўй дефекацияси натижасида ҳосил бўлган массадан қўл меҳнати билан тайёрланади. Ўзи жуда яхши нарса, қишда жоннинг роҳати.. , ҳа, майли чалғимайлик, аввало таппи ясаш учун ўзингизда чорва бўлиши лозим. Айрим ҳолларда баъзилар яқин қўшнилариникидан хомашё олиб чиқиб тайёрлашади, лекин бу унчалик мақсадга мувофиқ эмасдир, сабаби, бу кетишда у ҳам қачондир хомашёни бермай қўйиши хавфи бор. Буни ўзингиз биласиз, биз эса фақат тапписи учунмол боқаётганлар борлигини ҳам биламиз.
Гўнгнинг таснифини қиламиз.
Қўйнинг гўнги қўтонда қат-қат бўлиб тахланади, жуда бебарака, уни палахса-палахса қилиб кўчириб олиб қуритиб ёқаверасиз, аммо унга турли бадиий кўриниш бера олмайсиз – синиб кетади.
Молнинг гўнги эса, эҳ, бу қандай яхши нарса! Мол фақатгина қуруқ нарсалар билан озиқланса, гўнги қаттиқ ва мерч бўлади. Сал қуриб қолган бўлса, сув аралаштириб ийлаш мумкин. Пластилин ҳолига келтирилиб таппи ясаш тавсия этилади.
Агар мол фақат кўк ўт ё атала истеъмол қилса, унинг гўнги таппи учун жуда мувофиқдир. У ҳолвайтар даражасида суюқ бўлади, табиийки қуюқлаштириш учун кузда сотиб олган кўмирингизнинг хокасини ёки арра тўпонини (опилка) аралаштирасиз. Агар иккови ҳам бўлмаса, 3-4 кун кутсангиз, таркибидаги сув компонентлари ҳаво ва ерга сингиб қуюқлашиб қолади.
Таппи учун энг олий сифатли гўнг – бу спирт заводининг аталасини (барда) ичган мол гўнгидир. Спирт сўзининг ўзи сизга мазмунни англатган бўлса, таркибига тўхталиб ўтирмадик.
Айрим иш қуроллари бўлиши лозим.
Қурилиш ашёлари сотувчисидан резина қўлқопни сўрайсиз.
- Уч ярим минг (1.75$) , намни ўтказмайди,- дейди сотувчи.
Пулни тўлаётиб, аста, “таппи қилиш учун”, деб қўясиз.
- Биламан, ака, ҳамма таппи қилиш учун олади. Сизни таппи қилмасангиз керак, деб ўйлаб бошидаёқ айтмагандим, – дейди сотувчи.
Таппи ясаш учун уйга олға!
Ҳарҳолда, кетмон ва катта курак уйингизда топилишига ишончимиз комилроқ.
Қишда 2 тоннадан арзон нархда кўмир олиш ҳуқуқингиз бор. Югуриб-елиб, турнақатор, метангазқатор навбатларда ҳормай-толмай сотиб олган бўлсангиз – бу катта бойликдир. Чунки ўша кўмирнинг ярми тош бўлса ҳам, қолган ярми қип-қизил хока, яъни кўмир кукуни ҳисобланади. Баъзида орасидан бир-иккита ёнадиганлари ҳам чиқиб қолади. Каравотнинг симтўридан ўтказилган кўмир кукуни таппи билан жуда “гаплашади”. Кўмир аралаштирилган таппи қишда ўрик ўтин билан беллашади. Кўмир қўшилган таппи қишда олтиндан қиммат!
Таппининг хилма хил турлари мавжуддир.
Катта пиёладай ғумбак кўринишида ясаш кенг тарқалган. Бунинг афзаллиги ясаш осон, гувала сингари юмалатасиз – тайёр. Оғзи тор печкаларга мос келади. Аста-секин ёниб иссиқликни узоқроқ сақлаб туради.
Агар тандирга ёқмоқчи бўлсангиз, унда елпиштовоқдек катта таппи ясашни маслаҳат берамиз. Чунки у патир сингари юпқа ва алангаланувчан бўлади. Офтобда тез ва яхши қурийди.
Таппининг яна бир кенг тарқалган тури тарелкадай ҳажмда, зуваласимон, ялпоқ кўринишда бўлади. Бу хил таппи ҳам печкада яхши ёнади ва 2-3 соатгача иссиқни сақлайди.
Агар гўнг ҳаддан ташқари ифлос бўлса (тавба, тозаси ҳам бўларканми ) , яъни хашаклар ва чўплар аралашган бўлса, унда узунчоқ, ўтинсимон қилиб ясаш мақбулдир. Бунда чўпаклар бир даста ҳолида таппининг ичида унинг “скелети”ни ташкил қилиб, синиб кетишдан сақлайди.
Бадиий безак учун тайёр маҳсулотнинг юзига кулган, тиржайган, ғамгин смайликларни тушириш тавсия қилинади.
Таппи асосан очиқ ҳавода қуритилади. Духовка ва «ASEL» печларида қуритиш тавсия этилмайди.
Таппи арра тўпони (опилка) ёки шоли қипиғи тўшалган, қуёш ва шамолга ўнг бўлган жойда қуритилиши мақсадга мувофиқдир. Эсда тутиш лозимки, тўшамасиз ерда қуритилган таппига тупроқ ёпишиб қолиши хавфи бор. Шунинг учун баъзи таъби нозиклар озодаликни сақлаш учун (яна бир тавба, ифлос ахлат озода бўлганини биринчи эшитишим) целлофаннинг устида қуритишади. Лекин бунда таппи секин қурийди. Тез-тез ағдариб шамоллатиб туриш керак, акс ҳолда пўпанак босиб кўкариб кетади.
Таппи ёнганда, баъзилари ўзидан ёқимсиз ҳид чиқаради. Шуниси қизиқки, баъзи тажрибали таппишунос мутахассисларнинг фикрича, умуман ҳид чиқармайди.
Агар қўлқопсиз ҳолда таппи ясасангиз (шунақалар ҳам бор) унда иш пайтида сигарет чекиш ва нос каппалаш, бошда жойлашган бирор аъзони қашлаш, бурун ва тишни кавлаш, овқатланиш қатъиян ман этилади.
Гўнг димоқни ёргудай сассиқ бўлади, лекин қуриганда ҳиди қолмайди. Ёш оилалар таппи ясаб бўлгач, Palmolive, Dove, Duru, Fax, Camay, Savay совунлари билан қўлни ювиб, салфетка билан артишлари лозим, ўрта яшарлар ўзлари билишади.
Келгуси учрашувларимизда электрни иқтисод қилиш учун монтаж ва счетчикни ўзгартириш бўйича маслаҳатлар берамиз.
Барчага хонадони қишда ҳамиша иссиқ бўлишини тилаб таппишунослик бўйича умидли тадқиқотчи, нефтгаз қидириш бўйича мутахассис
Шукуржон ИСЛОМОВ,
Фарғона вилояти



вторник, 3 июня 2014 г.

NATO, Shimoliy Atlantika alyansi (ingl. North Atlantic Treaty Organization, NATO; frans. Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN; oʻzb. Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) — Yevropa, AQSh hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 28 taga yetgan.
Tashkilot maqsadi
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yahlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida havfsizlikni kuchaytirish.
Strukturasi
NATO hozirgi kunda 28 mamlakat oʻz ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qoʻmitalar, guruhlar, hizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish boʻlinmalari mavjud. Shuning bilan birga tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan oʻtkazish oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar koʻrish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat aʼzolarini ikki toifaga boʻladi — vositachilar hamda zahiralar guruhlari, uchrashuvlar oʻtkazish va boshqa vazifalar yechimlarini alyansga aʼzo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tassavuroti jamlanmasiga nazar tashlab koʻrib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar oʻtkazilish uchun mablagʻlar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar koʻrgan fuqarolarga NATO budjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holati qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib NATO xazinasi moliyalashtiriladi.

Yadroviy barqarorlik guruhi

NATO davlatlarining mudofaa vazirlari va mudofaa rejalashtirish qoʻmitasi ishida qatnashadiganlar bazi bir muhim hollarda yoki favquloddagi vaziyatlarda yadroviy rejalashtirish guruhi tarkibi ostida uchrashishadi. Bu guruh aʼzolari yigʻilganda yadroviy siyosat xavfsizlik, himoya, informatsiya sistemalari, boshqaruv, yadroviy qurollar) keng doirada muhokama qilinib va amalda targʻib qilinadi.

Oliy darajali guruh

Bu guruh NATOning rejalashtirish savollari va yadroviy siyosat organlari boʻyicha oliy konsultativ organ sifatida ish yuritadi hamda NATOning eng asosiy maʼsalalar koʻrib chiqilishida bu guruhning ahamiyati alohida rol oʻynaydi.

Tezkor tahliliy guruh

Ilk bor NATO mamlakatlari va hokimiyati boshliqlari 1999-yilning aprel oyi Vashingtondagi uchrashuvida Bolqon,Somali, Gaiti va boshqa hududlardagi oʻtkazilgan alyans harakatlaridan NATO mamlakatlarining oʻzlari orasida ommaviy inqirozga yuz tutayotgani qayd etilgan. 1990-yillarda jahonning har bir burchagida tanilgan NATO tashkiloti ushbu holatdan soʻng tahlilchilar NATOni bu xatti harakatlarini Shimoliy Atlantika kuchlari behuda yoʻqotilishi sifatida baholashishdi. Shuning uchun hozirgi vaqtlarda ushbu tahliliy guruh NATOni shu bilan birga Yevropa davlatlari hokimiyatlarini ochiq yuzini yaqqol va aniqlik bilan oʻrganishmoqda. Tahliliy guruh aʼzolari bosh kotib oʻrinbosarlarining nazorati ostida bir necha haftada yigʻilishib shu kungacha jahonda boʻlib oʻtgan hodisalarni tahlil qilishib ularga qarshi maxsus choralar qabul qilinadi.

Yuqori bosh qoʻmondonlik

Yuqori bosh qoʻmondonlik organi NATO tashkiloti ichida barcha bajarilgan harbiy yurishlar va hudulardagi barqarorlikni saqlash uchun qatʼiy javobgardir. Bu organ javobgarlikni oʻz boʻyniga olgani bois NATOdagi siyosiy va harbiy savollarga javob berish hamda tegishli tavsiyalar joriy etish huquqiga egadir. Yuqori bosh qoʻmondonlik organi bir vaqtning oʻzida aʼzo mamlakatlar bosh kotiblar taʼsirdan erkin holda ish yuritadi va milliy hokimiyatga tegishli barcha savollarga echim topish zaruriyati bilan javobgardir.

NATO maslahatdoshlari Organi

Shimoliy Atlantikaning shartnomasi roziligi asosida tashkilot ostidagi davlatlarning har doim ishtiroki qaʼtiyligi bilan saylangan aʼzolaridan iborat boʻlgan NATO Maslahat organi nomli boshliq organ mavjud boʻlib, ushbu organ vakillari maʼlum bir haftada uchrashuv elon qilib, oldiga qoʻyilgan muammolarni echimini muhokama qilish uchun yigʻilishadi.
Bu Maslahat organiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarining Tashqi ishlar vaziri (kami bilan yiliga ikki marta), mudofaa vaziri (zaruriyat jihatidan) va boshliqlari hamda NATO hukumati raislari ham qatnashishadi. Nato Maslahat organi uchrashuvlarida tashkilotning olib borayotgan ishlari strategiyasi va ustuvorligini oliy darajada aniqlab koʻrib chiqiladi. Hamma darajalarda bu organ NATO qadam qoʻyayotgan ishlarni tashkilotga aʼzo mamlakatlarni deklaratsiya tushunchalari bilan yoritib berish va bogʻliq muammolarni hal qilish shuningdek asosiy qarorlarni echimini hal qilish huquqiga ega. Shimoliy Atlantika shartnomasiga aʼzo mamlakatlar tashkilot ichida teng huquqli sanaladi va oʻzaro NATO maslahat qoʻmitasi yigʻilishlari keng aylana stol atrofida oʻtkazilib, qoʻyilgan masalalar barchaning bir ovozlik echimi bilan qabul qilinadi. NATOning doimiy bosh kotibi raislik qilishi, elchining yoshiga nisbatan va uning katta yordamchisi sifatida ish yuritadi. NATO Maslahat organi raisi har yillik oʻtkaziladigan alifbo tartibi yoʻli bilan tashqi ishlar vaziri darajasida saylanadi. Organ Tashkilotning faoliyatini muvaffaqiyatli va barcha strukturalarini yaratish uchun maʼsul etib tayinlangan. Ushbu Maslahat organi echimlari yigʻinlarda ishtirok etgan raislar oʻrinbosarlari, ularning maslahatchilari va konsultantlari javobgarlik qoʻmitalari xamda iyerarxiya tartibidagi aniqliklari orqali yaxshigina shu yoʻsinda tayyorlanadi. NATO Maslahat organining Konsultativ boʻlimi, bunda ishtirok etgan barcha mamlakatlar vakillari va Bosh kotib qoʻl ostidagi yordamchilar siyosiy savollar boʻyicha Siyosiy Qoʻmitaga yondashilib masalalar oʻzaro baham koʻriladi.

„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“

NATO tashkilotga aʼzo boʻlgan Yevropa mamlakatlaridan tashqari, yana bir necha davlatlar bilan bitim tuzdi va Tinchlik yoʻlida hamkorlik nomi bilan atadi.
„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ ishtirokchilar: Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Bosniya va Gertsogovina, Gruziya, Irlandiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Makedoniya, Malta, Moldaviya, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston, Ukraina, Finlandiya, Chernogoriya, Shvetsariya, Shvetsiya
1
Xastings Lionel Ismaј
4 aprel 1952 — 16 may 1957
2
Pol Xenri Spak
16 may 1957 — 21 aprel 1961
3
Dirk Shtiker
21 aprel 1961 — 1 avgust 1964
4
Manlio Brosio
1 avgust 1964 — 1 oktyabr 1971
5
Јosef Luns
1 oktyabr 1971 — 25 iyun 1984
6
Peter Karington
25 iyun 1984 — 1 iyul 1988
7
Manfred Vorner
1 iyul 1988 — 13 avgust 1994
8
Serxio Balansino
13 avgust 1994 — 17 oktyabr 1994
9
Vili Klaes
17 oktyabr 1994 — 20 oktyabr 1995
10
Serxio Balansino
20 oktyabr 1995 — 5 dekabr 1995
11
Xavier Solana
5 dekabr 1995 — 6 oktyabr 1999
12
Jorj Robertson
6 oktyabr 1999 — 17 dekabr 2003
13
Alesandro Minuto Riso
17 dekabr 2003 — 1 yanvar 2004
14
Јap de Xop Shefer
1 yanvar, 2004 — 31 iyul 2009
15
Anders Fog Rasmusen
1 avgust 2009 — hozirgi vaqtgacha
Bosh kotib oʻrinbosarlari
Nomi
Vatani
Faoliyat davri
1
Jonkxer van Vredenburg
1952-1956
2
Baron Adolf Bentink
1956-1958
3
Alberiko Kasardi
1958-1962
4
Kuido Kolona di Paliano
1962-1964
5
Jeyms Roberts
1964-1968
6
Osman Olkaј
1969-1971
7
Paolo Pansa Tsedronio
1971-1978
8
Rinaldo Petrignani
1978-1981
9
Yerik de Rin
1981-1985
10
Marselo Guidi
1985-1989
11
Amedo de Franchis
1989-1994
12
Serhio Balansino
1994-2001
13
Alesandro Minuto Riso
2001-2007
14
Klaudio Bisogniero
2007-2012
15
Alexander Vershbow
2012-hozirgi vaqtgacha

Nato Harbiy Qoʻmitasi

NATOning eng oliy harbiy yurishlarni oʻtkazadigan maxsus Nato harbiy qoʻmitasi mavjud boʻlib shulardan iboratdir: tashkilotga aʼzo mamlakatlarning oliy unvondagi harbiylari, qoʻmondonlar, Islandiya fuqarolar raisi (harbiy kuchga ega emasligi sababli) va oʻzlarining harbiy muammolarini oliy kengash bilan muhokama qilish uchun yiliga ikki marotiba yigʻilishadi. Harbiy qoʻmita vujudga kelishida NATO oʻzining harbiy tartibini uchga boʻldi va, shulardan iborat:
  • Yevropadagi ittifoqning yuqori qoʻmondonligi, bularni asosan ittifoqga aʼzo davlatlar qoʻmondonlarining hamfikrligi ostida ish yuritadi.
  • Atlantika okeani qoʻmondonligi, bunda Atlantika ittifoqini yuqori qoʻmondonligi tomonidan boshqariladi
  • Kanal qoʻmondonligi (bu yerda La- Mansh boʻgʻozi nazarda tutilyapti), ushbu qoʻmondonlikka barcha harbiy flot armiyasi va suv osti kuchlari xizmat qiladi.
NATO harbiy qoʻmitasining vazifasi itttifoq mamlakatlar orasida qolaversa dunyo davlatlari orasida oddiy aholi tinchligini birdamlik sifatida saqlash rejalarini takomillashtirish va bu ishlarni amaliy ravishda jonlashtirishdan iboratdir. Yevropa yuqori bosh qoʻmondonlini Nato oliy qoʻmondonligi (asosan amerikalik qoʻmondonlar) nazorat qiladi. Bu qoʻmondonlikga uch Yevropa harbiy teatr qoʻmondonligi nomini olgan koloniyalar boʻysinadi:
  • Shimoliy Yevropa qoʻmondonligi
  • Markaziy Yevropa qoʻmondonligi
  • Janubiy Yevropa qoʻmondonligi
Ushbu choralar orasida harbiy qoʻmita muammolarini NATO maslahatdoshlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi

NATO aʼzolari

Sana
Davlat
Qaydlar
Tashkilotga asos solgan davlatlar
Islandiya — oʻz armiyasiga ega boʻlmagan NATOning yagona aʼzosi, bu mamlakatning tashkilotga kirishining shartlaridan biridir. Shunga qaramay, davlatning qirgʻoq qoʻriqchilari bor. Shuningdek, NATOning tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish uchun Norvegiyaning bazalarida island koʻngillilarining tayyorlash qarori qabul qilingan.
1966-yil iyulidan Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib ketadi, ammo Shimoliy Atlantika shartnomasining qatnashchisi boʻlib qolaveradi.
Birinchi kengayish
1974-yildan 1980-yilgacha Yunoniston blokning boshqa aʼzosi — [[Turkiya] bilan tang munosabatlari sababli NATO harbiy tashkilotida qatnashmaydi.
Ikkinchi kengayish
Faqat Gʻarbiy Olmoniya qoʻshiladi, Saar GFR bilan 1957-yilda birlashadi, GDR — 3-oktabr 1990-yilda.
Uchinchi kengayish
2001-yili, Ispaniyani sotsialistlar boshqara boshlagandan soʻng Ispaniya NATOning harbiy organlaridan chiqadi, ammo NATOning aʼzosi boʻlib qolaveradi.
Toʻrtinchi kengayish
Beshinchi kengayish
oltinchi kengayish

Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi
Tashkilotda 1967-yilning dekabridan Oliy harbiy va siyosiy organ rukni ostida Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi tashkillashtirildi. Ushbu organ oʻzining ichiga olgan qamrovliligi natijalarida Maslahat organi bilan teng huquqlidir. Bu alyansning oliy harbiy hukumati sanaladi hamda strukturasi doimiy aʼzo davlatlar raislaridan tarkib topgan boʻlib, kamida ikki yilda bir marta harbiy aloqalar bilan xavfsizlikni taminlash borasidigi savollarni muhokamalash uchun oʻzaro mudofa vazirlari darajasida yigʻinlar uyushtirilib hal qilinib turiladi. Qoʻmita NATOga aʼzo mamlakatlarni umumiy xavfsizlikni taʼminlash va yuksaltirish nuqtai nazarini NATOning siyosiy hukumatiga tavsiya qilib keladi. Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi har yillik shahar va mamlakatlar miqyosida tinch aholini xavfsizlik bilan taminlashga tayyorgarlik samaradorligini oshirishiga koʻmaklashadi. Inqiroz yuz berganda yoki jang vaqtida qoʻmita urush holatini baholash maslahatini taklif etib, harbiy kuchlarning foydalanilishi va yangi qoidalar ish chiqishni tavsiya qiladi. Ushbu qoʻmita qarorlari bilan deyarli NATOning boshqa masalalari tez hal boʻlibgina qolmay shu bilan birgalikda tayyorgarliklar, echimlarning qabul qilinishi ahamiyatga molik darajada va bevosita bogʻliqdir.
Bosh shtab
NATOning harbiy qoʻmitasi raislari va yuqori bosh qoʻmondonlik organi bilan birgalikda oliy harbiy namoyandachilar hamda qurolli kuchlar ittifoqi sifatida NATO bosh qarorgohida oliy pogʻonlardan oʻrin olishgan. Birlashgan ittifoq doirasida Yevropa mintaqasidagi ikki qoʻmondonlikni oʻz maqsadlariga yoʻnaltirishadi.
  • Shimoliy Yevropaning birlashgan kuchlari:
  1. Belgiya
  2. Birlashgan Qirollik
  3. Olmoniya
  4. Daniya
  5. Lyuksemburg
  6. Niderlandlar
  7. Norvegiya
  8. Polsha
  9. Chexiya
Asosiy qarorgoh Niderlandlarning Brunsam shahrida joylashgan;
  • Janubiy Yevropaning ittifoq kuchlari:
  1. Mojariston
  2. Yunoniston
  3. Italiya
  4. Ispaniya
  5. Turkiya
Asosiy qarorgoh — Italiyaning Neapol shahrida joylashgan.
Atlantikaning oliy qoʻmondonligi besh asosiy boʻlinmalardan iborat:
  • Sharqiy Atlantika,
  • Gʻarbiy Atlantika,
  • Janubiy Atlantika,
  • Zarba beruvchi flot,
  • Suvosti kemalarining birlashgan qoʻmondonligi.
Xalqaro harbiy shtat
Harbiy qoʻmitaga izchillik borasida xalqaro harbiy shtat yordam beradi va shahsiy harbiylardan tarkib topgan boʻlib davlat ishlarini toʻgʻri manbalarda yoʻnaltirish qoidasi bilan NATO asosiy qarorgohida faoliyat yuritadi . Ushbu qoʻmita NATOning echimlarini tahlil qilib tayyorlaydi hamda harbiy hamkorlikni davlatlarning aʼzolari oʻrtasida uchinchi ishtirokchi sifatida bitim tuzadi (bu yerda NATOning namoyandalari va unga aʼzo mamlakatlardan tashqari alohida keltirilyapti). 2002 yilda shtat ishtirokidagi faoliyatda 16 mingga yaqin odam qatnashgan. Xalqaro harbiy shtat hayati NATO davlatlari aʼzolari tomonidan tavsiya qilingan davogarlarni Harbiy qoʻmita yordamida saylangan toʻrt yulduzli qoʻmondon tomonidan boshqariladi. Ushbu qoʻmondon oʻzi bilan birga beshta boʻysinadigan vitse-direktorlarga ega, bularning har biri tegishli shtab ostida boʻlingan javobgarliklarga maʼsuldir (yaʼni rejalar va siyosat borasida, tahliliy amaliyotlar, bitimlar, mintaqalar xavfsizligi, qurolli va harbiy zahiralar). Shtab ichida maslahatchilar guruhi, konsultantlar va nazoratchilarga ega.
Iqtisodiy qoʻmita
Mamlakatlar orasida hamma taraflama hamkorlik maqsadlarini hayotiylashtirish va NATO masalalariga oid shartnoma yaratish Iqtisodiy qoʻmita tomonidan oʻz boʻyniga olingan va ushbu qoʻmita aʼzolari mamlakatlar orasida qiziqtirgan savollar yaʼni iqtisodiy rivojlanish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadi va mudofaaga qobiliyatli mamlakatlar orasida oʻtkaziladigan forumlarni koʻrib chiqadi. Bu qoʻmita tabiy jihatdan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishda keng dunyoqarash va sharoit vaziyatlarini mudofaa qobiliyatiga tayyorlash nigohi bilan nazar soladi (budjetdagi harbiy chiqim mablagʻlari, mudofa komplekslari sanoati rivojlanishi, mudofa rejalarini amalga oshirish uchun muhim zahiralar bilan taminlash va hokazo). Bu masalalar doirasiga kiradigan savollar boʻyicha har yili NATO tashkilotchilari orasida oʻrtaga tashlanib iqtisodiy muammolar va xom-ashyolar borasida muhokamalar qilinib tadbiq qilinadi. Bunday yigʻinlarni tayyorlash va oʻtkazishga Iqtisodiy qoʻmita rahbarlik qiladi.

Qoʻmondonlik kotibi

Deyarli kun ora NATOning barcha qoʻmitalari faoliyatidagi xalqaro kotibiyat yigʻinini hokimiyatda tayinlangan aʼzo Qoʻmondon kotibi boshchiligida tashkillashtiriladi.
Qoʻmondonlik kotibi bir vaqtning oʻzida NATO maslahatdoshlar organi raisi, mudofalar rejalashtirish qoʻmitasi, yadroviy rejalar guruhi hamda NATOning boshqa barcha qoʻmitalarning rasmiy raisi vazifasiga tayinlangan. Ushbu shaxs muhokamalarni harakatlantirish va tashkillashtirish, shu bilan birgalikda amalda tadbiq qilish choralarini uning echimi va dunyoqarashiga asoslanib koʻrib chiqiladi. Qoʻmondonlik kotibining oʻzi NATO doirasidagi aʼzo mamlakatlar muammolarini muhokama qilishi, bahslar bilan oʻrtoqlashishi, oʻzining shaxsiy xizmatidan foydalanishi va qabul qilingan qarorlarni taqdim qilish borasida tegishli huquqlarni qabul qiladi. U NATOning tashqi koʻlamligi borasida asosiy raisi va alohida hokimiyat yoki jamiyat bilan aloqa qiladigan targʻibotchisi sanaladi. Baʼzi bir holatlarda bosh kotib oʻz oʻrnida boʻlmaganida, uning vazifalarini vaqtincha barcha qoʻmitalarning oʻrta darajadagi raisi, yaʼni bosh kotib oʻrinbosari egallab turadi.
Qoʻmondonlik kotibining boshqaruv vakolatiga xalqaro hamkorlar, Qoʻmondonlik kotibining xizmati uchun ajratilgan besh operatsiya boʻlimi, boshqarma xizmati va moliyaviy nazorat xizmatlari kiradi va qaʼtiy qoidalarga rioya qilib erkin foydalanish huquqiga ega. Bu boʻlimlarning har biriga Qoʻmondonlik kotibining yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Yordamchi esa asosiy qoʻmita javobgarligi boʻlimining raisi hisoblanadi. Qoʻmondonlik kotibi NATO tashkilotining yuritayotgan ishlariga vazirlar darajasida ado etuvchi kotib sifatida javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi.
NATOning ish yuritadigan rasmiy tillari ingliz tili va fransuz tilidir.
NATO mahkamasi qarorgohi Belgiya poytaxti Brussel shahridan oʻrin olgan.